Jahon | 03:22 / 04.08.2020
19210
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 1000dan oshdi

Foto: Tengrinews

Qozog‘istonda 27 iyuldan 2 avgustgacha o‘tgan hafta ichida 265 kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Bu haqda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining borishi to‘g‘risidagi rasmiy axborot beruvchi Telegram kanalda ma'lum qilingan.

Jumladan, Aqmo‘la oblastida — 8 kishi (4 erkak, 4 ayol);
Almati oblastida — 12 kishi (6 erkak, 6 ayol);
Atirau oblastida — 7 kishi (3 erkak, 4 ayol);
G‘arbiy Qozog‘iston oblastida — 14 kishi (7 erkak, 7 ayol);
Sharqiy Qozog‘iston oblastida — 38 kishi (29 erkak, 9 ayol);
Aqto‘be oblastida — 9 kishi (6 erkak, 3 ayol);
Jambul oblastida — 15 kishi (7 erkak, 8 ayol);
Qarag‘anda oblastida — 49 kishi (27 erkak, 22 ayol)
Qo‘stanoy oblastida — 5 kishi (4 erkak, 1 ayol);
Qizilo‘rda oblastida — 1 kishi (ayol);
Mang‘istov oblastida — 7 kishi (5 erkak, 2 ayol);
Pavlodar oblastida — 5 kishi (2 erkak, 3 ayol);
Shimoliy Qozog‘iston oblastida — 2 kishi (erkaklar);
Turkiston oblastida — 3 kishi (2 erkak, 1 ayol);
Nursulton shahrida — 29 kishi (20 erkak, 9 ayol);
Almati shahrida — 53 kishi (37 erkak, 16 ayol);
Chimkent shahrida — 8 kishi (3 erkak, 5 ayol) vafot etgan

Qozog‘istonda shu kungacha koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bilan bog‘liq jami 1058 ta holat ro‘yxatga olingan.

3 avgust yakunlari bilan qo‘shni davlatda 92 ming 662 ta holat qayd etilgan. Bu borada Qozog‘iston jahonda 27-o‘rinda bormoqda. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 62,5 mingdan ortiq. 29 mingga yaqin inson ayni paytda davolanmoqda.

Mavzuga oid