O‘zbekiston | 08:43 / 05.08.2020
1793
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi

2021- 2028 yillarda O‘zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va kengaytirish dasturi tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “2021- 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

“2021-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va kengaytirish dasturi”;

“2021-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarini rivojlantirish Yo‘l xaritasi”;

“2021-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarini qayta tashkil etish, kengaytirish va yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:

Yo‘l xaritalarida keltirilgan tadbirlarning mas'ul ijrochilar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borishni ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar davlat qo‘riqxonalarida flora va faunani o‘rganish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarining istiqbolli rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar “2021-2025 yillarda davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda tabiat jarayonlarining tabiiy kechishi monitoringi Dasturi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari xokimliklari tomonidan tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etiladigan va mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish maqsadida yer uchastkalarning ajratilishini va o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazib, davlat kadastriga kiritilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid