Qozog‘istonda masofaviy ta'limni yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topishdi
Qozog‘iston hukumati yangi o‘quv mavsumida maktablarda masofaviy ta'lim sifatini yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topdi.
Qozog‘iston hukumati mamlakatdagi kam ta'minlangan oilalar farzandlariga masofaviy ta'limni o‘zlashtirishlari uchun davlat hisobidan 500 ming dona kompyuter tarqatadi. Bu haqda 4 avgust kuni Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat yig‘ilishida ma'lum qilgan.
Bosh vazir ta'lim va fan vazirligiga viloyat hokimiyatlari bilan birgalikda 25 avgustgacha maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining masofaviy o‘qishga to‘liq tayyor bo‘lishini ta'minlashni topshirgan.
Askar Maminning ta'kidlashicha, chop etilgan darsliklar to‘liq elektron shaklda barcha foydalanishi uchun internetga joylashtirilishi lozim.
Qozog‘istondagi maktablar pandemiya sabab yangi o‘quv yilini masofadan o‘qitish tarzida boshlaydi. Yangi o‘quv yilida mamlakatdagi 7931ta maktabda 3,3 million o‘quvchi tahsil olishi rejalashtirilgan. O‘quvchilarning 396 ming nafari birinchi sinfga qabul qilinganlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, bugungi kungacha Qozog‘istonda 94 mingga yaqin odamda koronavirus aniqlangan. Ulardan 65 mingdan ortig‘i tuzalgan bo‘lsa, mingdan ortiq qozog‘istonliklar koronavirus qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024