Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nintendo’ning sof daromadi pandemiya sababli 541 foizga oshdi
Videoo‘yinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Nintendo kompaniyasi 2-chorak yakunlariga ko‘ra 106,5 mlrd iyen (1 mlrd dollar) sof daromad olganini ma'lum qildi.
Bu qiymat yapon kompaniyasining bir yil avvalgi ko‘rsatkichidan 541 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
Kompaniya tushumi 2-chorakda 3,38 mlrd dollarga (204 foiz ko‘proq) yetgan. Tushumning ikki karra ortishiga koronavirus pandemiyasi va turli davlatlarda unga qarshi kiritilgan cheklovlar turtki bo‘lgan. Kompaniyaning eng talabgir o‘yini “Animal Crossing: New Horizons” o‘yini bo‘lib qolmoqda. Martda sotuvga chiqarilgan o‘yindan 22,4 mln nusxa sotilgan. Bu miqdordan 10,6 mlni 2-chorakka to‘g‘ri kelgan. Ushbu ko‘rsatkich evaziga o‘yin butun tarix davomida eng ko‘p sotilgan o‘yinlar elliktaligiga kirdi.
Bundan tashqari, kompaniya pandemiya sababli butlovchi qismlar yetkazilishidagi muammoga qaramay, o‘zining Switch va Switch Portable o‘yin konsollarini muvaffaqiyatli sotmoqda. 2-chorak davomida kompaniya 5,68 mln.ta o‘yin konsoli sotgan.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
22:58 / 20.05.2025