O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari dunyoning yirik brendlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli va ekologik jihatdan barqaror paxta xomashyosini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha XMK loyihasi Maslahat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 4 avgust kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli va ekologiya jihatidan barqaror paxta xomashyosini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) loyihasi Maslahat kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirda Jahon banki guruhi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Better Cotton Initiative (BCI) tashkiloti, Responsible Sourcing Network (mas'ul yetkazib beruvchilarning tarmog‘i), Cotton Campaign koalitsiyasiga kiruvchi nodavlat tashkilotlari va xorijiy to‘qimachilik kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.
2017 yilda ishga tushirilgan XMKning O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli va ekologik barqaror paxta ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihasi BCI (Eng yaxshi paxta tashabbusi) paxta xomashyosini ishlab chiqarishning standartlariga muvofiq zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan paxta yetishtirish jarayonlari va texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan.
«BCI» - xalqaro notijorat tashkilot, uning maqsadi - barqaror tovar sifatida Better Cotton (ya'ni BCI barqaror ishlab chiqarish standartlari bo‘yicha yetishtirilgan paxta) ishlab chiqarilishini rivojlantirish orqali butun dunyo bo‘ylab paxta xomashyosini ishlab chiqarishni o‘zgartirish hisoblanadi.
H&M, Levi's, Adidas, Nike va boshqalar kabi taniqli kiyim-kechak brendlari o‘z mahsulotlarida faqat barqaror paxta xomashyosini, jumladan, BCI standartlar tizimiga muvofiq yetishtirilgan paxtadan foydalanishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. IKEA BCI metodologiyasi asosida yetishtirilgan hamda boshqa barqaror paxta xomashyosidan foydalanishga, jumladan organik va qayta ishlangan paxta xomashyosidan foydalanishga to‘liq o‘tdi.
Yig‘ilish davomida paxtachilik sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish hamda barqarorlik va xalqaro bozorlarga mas'uliyatli yetkazib berish talablariga muvofiq paxta yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha Loyiha doirasida erishilgan natijalar batafsil muhokama qilindi.
Cotton Campaign koalitsiyasi a'zolari 2019 yilgi paxta xomashyo hosilini mustaqil monitoring qilish natijalari va mas'ul yetkazib beruvchi manbalar to‘g‘risidagi Bitim loyihasini taqdim etdilar. Ushbu Bitimning imzolanishi paxtani qayta ishlash sanoati sohasida korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotlarini joriy etishga, xalqaro brendlar tomonidan kompleks tekshiruv va mas'uliyatli xaridlar sohasidagi talablarning bajarilishi, shuningdek, RSA (RSA Eligibility Scorecard System) Muvofiqlikni baholash tizimi bo‘yicha o‘zbek paxta-to‘qimachilik klasterlari baholanadigan mexanizmni joriy etilishiga ko‘maklashadi.
Yig‘ilish davomida, loyiha maslahatchilaridan biri, Buyuk Britaniyaning Ergon Associates kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonda ushbu tizimni ishga tushirish Rejasini ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik bosqichi bo‘lgan BCI (Scoping Study) standartlari tizimini sinchkovlik bilan o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi.
O‘zbekiston tomoni respublika hukumati tomonidan paxtani qayta ishlash sanoati sohasida shaffoflikni ta'minlash, shuningdek, paxta ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijalari va ushbu yo‘nalishlarda xalqaro tashkilotlar, jumladan, XMK, Xalqaro mehnat tashkiloti va Cotton Campaign koalitsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati XMKning mamlakat paxta sohasidagi islohotlarni rivojlantirishdagi instrumental rolini yuqori baholashi va ushbu masalada samarali hamkorlik qilishni mo‘ljallanayotganligi ta'kidlandi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlariga dunyoning yirik brendlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yaqin vaqtlarda yo‘lga qo‘yishga imkon beradigan mas'ul yetkazib beruvchi manbalar to‘g‘risida Bitim loyihasini birgalikda ishlab chiqishni jadallashtirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024
O‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishi noqonuniy - MMTV
15:43 / 28.09.2024
Birjada paxta narxi 11 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu nimadan darak?
12:38 / 27.09.2024