“Surxondaryoyo‘lko‘kalam” viloyatda tabiat va havo musaffoligiga erishish uchun harakat qilmoqda
“Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi 2017 yil 11 sentyabrdagi “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura landshaft loyihalari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan tashkil etilgan.
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibida faoliyat boshlagan mazkur tashkilotning asosiy vazifasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarning zamonaviy arxitektura-badiiy qurilishi va landshaft dizayni, manzarali, buta, ko‘chat va daraxtlar ekish, avtomobil yo‘llari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda bu sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Hozirgi vaqtda korxonada jami 143 nafar doimiy, 22 nafar jamoatchilik bo‘yicha ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
– 2019 yil davomida viloyat hududidagi avtomobil yo‘llari yoqalariga jami 59796 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekdik, – deydi “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari Xolmirza Begmatov. – Xususan, Termiz xalqaro aeroportidan viloyat hokimligi yo‘nalishidagi 4R-100 avtomobil yo‘lining 5 km qismi va At-Termiziy majmuasiga olib boruvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1451-1458 km qismlari mintaqasida landshaft dizayn yaratish maqsadida 552708 dona mavsumiy gullar ekildi.
Bundan tashqari, davlat ahamiyatidagi 4R-100 avtomobil yo‘lining 4 km qismiga, mahalliy ahamiyatdagi 4N-1600 avtomobil yo‘lining 2,4 km 4K-606 avtomobil yo‘lining 4 km qismlariga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Natijada, 1 mlrd 831 mln 447 ming so‘m mablag‘ sarflandi va sug‘orish tizimi yaxshilandi.
2020 yilning o‘zida ushbu korxona tomonidan 35000 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga ekildi.
Aytish mumkinki, so‘nggi paytlarda havo haroratining keskin ko‘tarilib ketgani sababli avtomobil yo‘llari atroflariga ekilgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ariq, nasos va texnikalar yordamida sug‘orilmoqda. Bundan tashqari, nihollarga shakl berish, ariqlarni qazish, mineral va organik o‘g‘it berish, zararkunanda va hashoratlar zararlashining oldini olish borasida ham korxona xodimlari yetarlicha bilim va tajribaga ega.
Bugungi kunda “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi tomonidan tumanlarda ko‘chat yetishtirish uchun pitomniklar tashkil qilinib, noyob turdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ham yetishtirilmoqda. 2019 va 2020 yilning bahor mavsumida 51992 dona ko‘chatlar avtomobil yo‘llari yoqalariga ekildi. Hozirgi kunda 166 mingdan ortiq daraxt va buta nihollari yetishtirilmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
15:46 / 30.10.2024
Enso Mayorka - ovchidan tabiat himoyachisiga aylangan sportchi haqida hikoya
14:20 / 24.10.2024