Ilk bor onlayn şaklda taşkil qilingan mazkur konferensiyada özbekistonlik olimlar va ilğor öqituvçilardan taşqari ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ham öz taqdimot va ma'ruzalari bilan iştirok etdi.

https://ok.ru/videoembed/1621828438719

Tadbir davomida darsliklar va adabiyotlar sifatini oşiriş, maktab öquvçilari uçun muqobil öquv dasturlarini işlab çiqiş va darslar tarkibi hamda soatlari masalasi muhokama qilindi. Şuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan Özbekistonda umumiy örta ta'lim sifatini oşiriş böyiça köplab tavsiyalar berildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Endi Smart, Ta'lim va darsliklar naşr etiş böyiça xalqaro konsultant:

— Markazlaştirilgan ta'lim tizimida öquv rejasi, pedagogika va baholaşning oltin uçburçagi markazida darsliklar joylaşgan.

Odatda, yaxşi darsliklar umumiy va fanga xos taşkiliy va pedagogik tamoyillarni aks ettiradi. Ammo köpgina darsliklarda pedagogika elementlari uçramaydi: ular aslida «özini özi öqitiş» darsliklari sifatida yaratilgan.

Yana bir tavsiya: har qanday darslikning tuzilmasi öquv dasturi doirasidagi ketma-ketlik bilan bir xil bölişi şart emas. Köpçilik mana şu tartib bilan öquvçilarni zeriktirib qöyadi.

Dipa Şankar, YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi ta'lim bölimi rahbari:

— Global dalillar şuni körsatadiki, ta'lim tizimidagi çuqur islohotlar köp vaqt talab etadi, biroq ular yoşlarning bilim va könikmalarini oşiriş orqali mamlakatning inson kapitalini rivojlantirişga uzoq muddatli ta'sir körsatadi.

Bugungi dunyo bolalari va ösmirlari quyidagi könikmalarga ega bölişi juda muhim, deb hisoblayman.

Raqamli könikmalar: Bu jihat bolalar va ösmirlar uçun «raqamli savodxonlikka ega» böliş, texnologiyalardan foydalaniş va ularni tuşunişga yordam beradi. Şuningdek, bu könikma ma'lumot qidiriş va boşqariş, aloqa va hamkorlik qiliş, ma'lumot yaratiş va uni ulaşiş, bilimlarni şakllantiriş va muammolarni xavfsiz, tanqidiy va axloqiy jihatdan hal qilişga imkoniyat beradi.