Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötyapti.
Majlisda ta’lim sifatini yanada oşiriş, yoşlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalaşga qaratilgan siyosat izçil davom ettirilişi ta’kidlandi.
Kelgusi yillarda boğçalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkaziş hukumat uçun asosiy vazifa bölib qoladi.
Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablağlari hisobidan 2025 yilda 252 ta yangi boğça barpo etiladi. Şuningdek, 174 ta boğça va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uçun budjetdan 4 trillion söm ajratiladi.
Tadbirkorlarga maktab quriş uçun 20 milliard sömgaça imtiyozli kredit beriladi.












