Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir tumani hokimi Milliy Gvardiya va faol yoshlar hamrohligida aholi bilan uchrashdi
Poytaxtning Bektemir tumani nisbatan kichik va aholisi oz bo‘lishiga qaramay bu tuman rahbariyati ezgu tashabbuslar bilan ko‘p marta tilga tushgan.
Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bektemir tumani Kengashi va Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov aholi bilan ko‘rishib, pandemiya sharoitida mavjud muammolarni yechish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Shohrux Baxtiyorovich tumandagi kam ta'minlangan, yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ham ahvolini o‘rganib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida bartaraf etdi. Tuman rahbari hokimlikning har bir fuqaro bilan yelkama-yelka birga bo‘lishini, har qanday holatda ham muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta'kidlab o‘tdi.




Bundan tashqari, targ‘ibot ishlarida ko‘ngillilar ham ishtirok etib, har bir fuqaro o‘zining va yaqinlarining salomatligini o‘ylab, karantin talablariga qat'iy rioya qilishi borasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.








Mavzuga oid
18:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq mashinada avtomobil yo‘lida harakatlangan bolaning otasi javobgarlikka tortildi
12:52 / 02.03.2026
Bektemir tumanida piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:01 / 03.02.2026
Bektemirdagi «Suvmash» hududida qora tutun chiqishi bo‘yicha tezkor chora ko‘rildi
13:16 / 22.01.2026