Toşkent şahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qilişiça, hodisa 30 iyun kuni soat 23:00 lar atrofida Bektemir tumanidagi X. Bayqaro mahallasi hududidan ötuvçi X. Bayqaro köçasida sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Tracker rusumli transport vositasi haydovçisi xavfsiz oraliq masofani saqlamagani oqibatida özi bilan bir yönalişda harakatlanayotgan BYD rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

YHXB haydovçilarga murojaat qilib, yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qiliş, xavfsiz tezlik va oraliq masofani saqlaş orqali yöl-transport hodisalarining oldini oliş mumkinligini eslatdi.