Sirtqi ta'lim uchun imtihonlar ham 2 sentyabrdan boshlanadi - vazirlik
Oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar ham 2-14 sentabr kunlari test sinovlarida ishtirok etadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.

«Kunduzgi ta'lim yo‘nalishlarida qanday tartib bo‘lsa, ayni shu ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki va sirtqi shakllarda ham xuddi shunday tartib bo‘ladi. Ya'ni test bo‘ladiganlarida test, ijodiy imtihon bo‘ladiganlarida ijodiy imtihon.
Ijodiy imtihonlar vaqti OTMlar tomonidan belgilanib, ular haqidagi ma'lumotlar abituriyentlarga yetkaziladi.
DTM tomonidan belgilangan nizom bo‘yicha test boshlanishidan kamida 10 kun oldin ruxsatnomalar olish imkoniyati yaratiladi. Ruxsatnomada abituriyent qachon va qayerda test topshirishi haqidagi ma'lumotga ega bo‘ladi», – dedi Abduvali Xoliqov 10 avgustdagi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarning ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun darslar 2 sentyabrdan masofaviy tarzda, 1-kurs talabalari uchun esa 1 oktyabrdan yo an'anaviy, yo masofaviy shaklda boshlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi
Jahon | 21:00
-
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:44
-
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
Jahon | 20:43
-
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 20:42
Mavzuga oid

18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi

17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?

15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?

08:30 / 06.09.2024