Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung’ning ikki rahbar xodimi Xitoyga texnologiyalarni berish gumoni bilan hibsga olindi
Samsung kompaniyasining ikki xodimi Xitoyga texnologiyalarni berishda gumon qilinib hibsga olindi. Ma'lum qilinishicha, ular Janubiy Koreya kompaniyasiga millionlab dollar ziyon yetkazgan.
SamMobile portalining xabar berishicha, hibsga olingan xodimlarning shaxsi oshkor qilinmagan. Biroq shunisi ma'lumki, ular kompaniyada rahbarlik lavozimlarini egallagan.
AsiaTimes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ish Samsung’ning OLED-panellarni ishlab chiqarishda purkab bosishni qo‘llash innovatsion texnologiyasi bilan bog‘langan. Bu texnologiya OLED-televizorlar ishlab chiqarish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish imkonini beradi. Ta'kidlanishicha, Samsung Display ushbu texnologiyani ishlab chiqish uchun 3 yil davomida 10 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.
Ma'lum qilinishicha, bunday usulda ishlab chiqarilgan OLED-televizorlar savdosi oktyabrda boshlanishi kerak. Shunda Samsung ushbu texnologiyani qo‘llovchi bozordagi birinchi kompaniya bo‘ladi.
Janubiy Koreya prokuraturasi versiyasiga ko‘ra, Samsung Display xodimlari raqobatchilarga yangi texnologiya bo‘yicha televizorlar ishlab chiqarish jarayonining texnik ko‘rsatkichlarini bergan. Tergov davomida axborotni o‘g‘irlashda ayblangan Xitoy kompaniyasining bir necha yuqori lavozimli xodimlari ham hibsga olingan.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026