Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilning 6 oyida 14 mingdan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan ta'minlangan - vazirlik
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva so‘nggi olti oy ichida xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma'lumot berdi.
«O‘tgan davr mobaynida yurtimizda ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarning 14 mingdan ortig‘i doimiy daromad oladigan, 22 mingdan ortig‘i haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan ta'minlandi. Tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan 4 ming 404 nafar xotin-qizlar o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik sohalariga jalb etildi», dedi vazirlik matbuot kotibi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Vazirlik vakili qo‘lida hunari bor xotin-qizlardan 1448 nafarining hunarmandchilik, 301 nafarining kasanachilik sohalaridagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangani, 13 ming 402 nafar xotin-qizlar kasbga o‘qitish markazlarida kasbga tayyorlanib, malakasi oshirilganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, qiziqishi bor, ammo zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan 2191 nafar ayollar xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tomonidan tikuvchilik, pazandachilik hamda tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslarida o‘qitilgan.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
18:21 / 23.01.2026
Har bir tumanda 5-10 ta mahallani bog‘laydigan sanoat zonalari tashkil etiladi
17:55 / 23.01.2026
Har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan bog‘lanadi – prezident
18:43 / 09.12.2025