«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ: tumanlardagi korxonalarimizga 15ta Damas avtomashinalari topshirildi
Har qanday soha faoliyatida texnikalarni o‘rni katta. Shu sababdan ish unumdorligini oshirish uchun avvalo, xodimlarga yetarlicha sharoit, texnika vositalari zarur. Kuni kecha «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ ham jamiyatning davlat shartnomaviy xizmatlaridan olingan foyda hisobiga 15 ta o‘zimizda ishlab chiqarilgan Damas rusumli avtomashinalarni tumanlardagi avariyali ishlarni bartaraf etish uchun tezkor dispetcherlik xizmati bo‘limlari hamda AESKUENI tatbiq qilish va hisoblagichlar ekspluatatsiyasi guruhlariga topshirildi.
Endilikda, ushbu mashinalar elektr energiyasidagi uzilishlarni yanada tezkorlik bilan bartaraf etilishi va aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Avvalroq esa, ya'ni 2019 yil yakunida 6 ta tuman elektr ta'minoti korxonalari rahbarlariga so‘nggi rusumdagi Nexia 3 avtomashinalari topshirilgan edi. Jamiyat tomonidan qolgan 6 ta tuman rahbarlariga ham tez kunlarda so‘nggi rusumdagi yengil avtomashinalar topshirilishi mo‘ljallanmoqda.
«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024