Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi soddalashtirilgan tartibda import qilinadigan dorilar va tibbiy buyumlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqdi
Endilikda qator tibbiyot buyumlari ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan import qilinishi mumkin.
Hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, shuningdek O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham tegishli o‘zgarishlar kiritildi.
Qarorga muvofiq, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ro‘yxatidan, jumladan, umifenovir, meglyumina akridonatsetat, ritonavir, sikloferon kabi dori vositalari chiqarilib, ro‘yxatga kolxitsin, nistatin, flukonazol kabi dori vositalari kiritildi.
Shuningdek, endilikda quyidagi tibbiyot buyumlari ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan import qilinishi mumkin:
- infuzion va shrpits nasoslari uchun kraynik, shpritslar va magistral uzaytirgich liniyalar;
- MSKT uchun shprits-kolba va magistral uzaytirgich liniyalar;
- kislorod ballonlari, yostiqchalari, butlovchi va sarf materiallari;
- muzlatilgan qon va plazmani eritish uchun apparat;
- kislorod klapanlari va kislorod regulyatorlari (reduktorlari) namlagich butilkalari bilan birga.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
15:24 / 01.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi rekord darajada qimmatlashdi. Sabab nima?
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:40 / 27.06.2026