Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyunga qadar 81 ming xotin-qiz doimiy ishli bo‘ldi - Vazirlik
Joriy yil 1 iyunga qadar 617,2 ming nafar ishsiz, vaqtincha ishini yo‘qotgan hamda xorijga ishlash uchun keta olmagan fuqarolarning bandligi ta'minlangan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 baravar oshgan. Bandligi ta'minlangan fuqarolarning 506 ming nafari pandemiya davrida ishga joylashganlar hisoblanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kun.uz`ga xabar berishicha, 1 iyunga qadar 158,9 ming shaxs doimiy ish o‘rniga ishga joylashtirilgan, ularning 81 ming nafarini xotin-qizlar va 64,3 ming nafarini yoshlar tashkil etgan.
Shuningdek, 342,2 ming shaxs jamoat ishlariga jalb qilingan va ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravarga, xarajat ish haqi to‘lovi esa 2,1 baravarga oshgan.
COVID-2019 pandemiyasi davrida 9ta noan'anaviy va nostandart jamoat ishlari turlari joriy qilinib, ularga 32,3 ming nafar fuqaro jalb qilingan.
Masalan, mahallalar, ko‘chalar, bozorlar va jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga 14,3 ming nafar, blokpostlar va karantinga olingan xonadonlarga yordamchi posbon sifatida 9,3 ming, «o‘zini yakkalash» tizimi bo‘yicha yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lganlarga qarashga 6 ming nafar fuqaro jalb qilingan.
Mavzuga oid
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
18:21 / 23.01.2026