Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Bayrutdagi portlashdan keyin o‘z portlarini xavfli moddalardan tozalashga qaror qildi
Misr hukumati Livan poytaxti Bayrutdagi portlashdan keyin o‘z portlarida saqlanayotgan barcha xavfli moddalarni yo‘q qilishga qaror qildi. Bu haqda Misr moliya vaziri Muhammad Ma'itga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Bayrutda yuz bergan portlash bizdagi vaziyatni o‘rganishga undadi va biz portlarimizda saqlangan ko‘p miqdordagi qarovsiz va egasiz xavfli materiallardan xalos bo‘ldik”, deb ma'lum qilgan vazir.
Uning ta'kidlashicha, joriy yil qishigacha Misr portlari xavfli moddalardan to‘liq tozalanadi.
Bundan tashqari, yangi bojxona tartib-qoidalari portlardagi nazoratni yaxshilaydi.
4 avgustda Bayrut portidagi omborlardan birida saqlangan 2700 tonnadan ko‘proq selitra portlab ketgan. Portlash oqibatida 170 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, minglab kishilar jarohat olgan. Shuningdek, halokat oqibatida port va shaharning yarmi vayron bo‘lgan, 300 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan.
Livanda portlashdan keyin norozilik namoyishlari boshlangan. Oqibatda hukumat iste'foga ketgan. Livan prezidenti Mishel Aun portlashdan yetkazilgan ziyonni 15 mlrd dollardan ko‘proqqa baholagan.
Mavzuga oid
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026