Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yagona suv balansi shakllantiriladi
O‘zbekistonning Yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risida hujjat qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Yagona suv balansini shakllantirish yuzasidan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Markaziy Osiyo Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyaning Ilmiy-axborot markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yagona davlat suv fondi suvlaridan foydalanuvchilarning hisobot ma'lumotlari, jalb qilingan vazirliklar va idoralarning uch darajadagi: daryo havzasi, suv xo‘jaligi mintaqasi, ma'muriy viloyat bo‘yicha hisoboti ma'lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Yagona suv balansini shakllantirish Metodikasi tayyorlanadi va amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, “Kommunal innovatsiya markazi” MChJ bilan birgalikda Yagona davlat suv fondi suvlari sifati va xavfsizligini monitoring qilish Yagona suv balansi Yagona axborot tizimining zamonaviy innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan Texnik topshiriqni tayyorlash va ishlab chiqishni, tegishli vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirishni va kelgusida mamlakat suv resurslarini boshqarish jarayoniga uni tatbiq etishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, "O‘zsuvta'minot" AJ uch oy muddatda o‘z “Ish rejasi”ni tayyorlab, mas'ullar belgilab, tasdiqlaydi va quyidagilar inobatga olinadi:
suv olish va suv sarfini monitoring qilish va hisobga olish uchun zamonaviy (shu jumladan, avtomatlashtirilgan) tizimlarni (qurilmalarni) o‘rnatish, suv resurslarining sifat va miqdoriy parametrlari to‘g‘risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish hamda qat'iy belgilangan limitlar asosida suvdan samarali foydalanish;
Yagona axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari uchun suv xo‘jalik balanslarini tuzish.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha statistik ma'lumotlarni Internet tarmog‘ining milliy segment elektron-axborot bazasi orqali yig‘ishni tashkil etish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilaridan 2TP-suv xo‘jaligi shaklidagi hisobot ma'lumotlarini takomillashtirsin, keyinchalik suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish uchun umumlashtiradi va tizimlashtiradi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:34 / 26.04.2026