I yarim yillikda ichki valuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd dollarni tashkil etdi
O‘zbekistonda “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 2020 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sharhi e'lon qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ma'lumotiga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida ichki valuta bozoridagi holat xorijiy valutaga bo‘lgan talab hajmining o‘sishi hamda taklif hajmining nisbatan kamayishi sharoitida shakllandi.
Joriy yilning I yarim yilligida ichki valuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga o‘sdi.
To‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 2019 yilning I yarim yilligiga nisbatan 14 foizga ortib, 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Natijada 2019 yilning mos davriga (7,8 mlrd. dollar) nisbatan 1,8 mlrd. dollarga qisqarib, 6,0 mlrd. dollarga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024