Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniyni Germaniyaga yuborishga rozi bo‘lishmadi. Uning organizmida xavfli zahar aniqlangan va u komada qolmoqda
Omskdagi 1-raqamli shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi bosh vrachi holati barqaror emasligi tufayli Aleksey Navalniyni Germaniyadagi klinikaga olib ketishga ruxsat bermadi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish ma'lum qilgan. Muxolifatchining safdoshlari va yaqinlari uning organizmida xavfli zahar aniqlanganini ma'lum qilshmoqda.
«Bosh shifokor aytdiki, Navalniyni samolyotda olib ketib bo‘lmaydi. Holati barqaror emas. Qarindoshlarining uni transportirovka qilish haqidagi qarori yetarli emas ekan», deya xabar qilgan Yarmish tvitterdagi sahifasida.
Shifoxona bosh vrachi Aleksandr Muraxovskiy esa jurnalistlar bilan muloqotda Navalniyning holati yaxshilanib borayotgani, ammo hamon transportirovka uchun yetarli darajada yaxshilanmagani haqida ma'lum qilgan.
«Tunda holati yaxshilandi, ammo baribir biz hali juda yaxshi barqarorlikka erisha olmadik. Konsilium hali transportirovkaga vaqtli degan xulosaga keldi. Bemor to‘liq barqaror holatga kelishi kerak», degan u.
U transportirovka vaqtida «har qanday holat, hatto eng qayg‘ulisi ham ro‘y berishi mumkin»ligini aytib o‘tgan.
Glavvrach omskoy bolnitsy:
— Zdes Shepelin (@ilya_shepelin) August 21, 2020
— Pod otvetstvennost rodstvennikov my ne mojyem pozvolit transportirovku Navalnogo
— Vy gotovy konsultirovatsya s nemetskoy bolnitsey, kuda xotyat otvezti Navalnogo?
— My ne schitayem, chto spetsialisty iz Burdenko i Piragova xujye,chem iz nemetskoy bolnitsy pic.twitter.com/jTpRTX1MuJ
Biroz avvalroq Germaniya va Fransiya rahbarlari Angela Merkel hamda Emmanuel Makron Navalniyga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgandi.
Germaniyadagi Deutsche Presse-Agentur agentligi juma kuni tongda Omskka koma holatidagi bemorlarni transportirovka qilish uchun jihozlangan samolyot yuborilgani, bu samolyot Navalniyni Berlinga davolanish uchun olib ketishi mo‘ljallangani haqida xabar tarqatdi.
Yarmishning xabar qilishicha, samolyot Omskka parvoz qilayotgandi.
«Alekseyni evakuatsiya qilish uchun yuborilgan samolyot bir soat ichida Omskka qo‘nishi kerak. Navalniyning olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatish - shifokorlar va yolg‘onchi hukumat tomonidan uning hayotiga qilingan suiqasddir», degan u tvitterida.
Yarmishning so‘zlariga ko‘ra, bungacha shifokorlar Navalniyning transportirovkasiga rozilik berilishi haqida gapirayotgandi.
«Shu vaqtgacha shifokorlar transportirovkaga ruxsat berishga tayyorliklarini aytishayotgandi. Aynan shu tufayli biz qisqa muddat ichida samolyotni tashkillashtirdik. Endi esa ruxsat berishmayapti. Bu qarorni albatta ular emas, Kreml qabul qilgan», deya taxmin qiladi Yarmish.
Navalniyning rafiqasi Yuliya va uning ukasi Oleg ayni vaqtda Omskda bo‘lib turishibdi. Ular tongda FBK («Korrupsiyaga qarshi kurash fondi») direktori Ivan Jdanov bilan birgalikda matbuot uchun bayonot berishdi.
Jdanov transport politsiyasi vakili Navalniyda xavfli modda aniqlangani, «bu nafaqat Alekseyning hayotiga, balki atrofdagilarning hayotiga ham xavf solishi - barcha himoya kostyumlarida bo‘lishi kerakligi»ni aytgani haqida gapirgan.
Politsiya vakili tergov siri tufayli aynan qanday modda aniqlanini ma'lum qilishdan bosh tortgan.
Zayavleniye dlya pressy ot direktora FBK Ivana Jdanova i jyeny Alekseya Yuli Navalnoy pic.twitter.com/FRi9NjSdvZ
— Kira Yarmysh (@Kira_Yarmysh) August 21, 2020
Navalniy hamon og‘ir ahvolda
20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortida muxolifatchi Aleksey Navalniyning ahvoli yomonlashdi va layner Omskka majburan qo‘nishiga to‘g‘ri keldi.
Siyosatchi Omskdagi shifoxonaga zaharlanish belgilari bilan yotqizildi. Hozirgacha Navalniyga qo‘yilgan tashxis ma'lum qilinmadi.
«Interfaks»ning shifoxonadagi manbasi xabar qilishicha, Navalniyning holati o‘zgarishsiz qolgan. Juma kuni Omskka Moskvadan shifokorlar guruhi uchib kelishi va ular konsilium o‘tkazishi kerak.
Ayni vaqtda siyosatchi komada qolmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022