Ikkinçi çöqqining farqi nimalarda közga taşlanmoqda?
Sönggi bir neça hafta davomida Turkiyaning köplab viloyatlari hokimiyatlari va soğliqni saqlaş boşqarmalari kasallaniş holatlari soni ortgani töğrisida bayonot berişmoqda.
Mamlakat böylab ba'zi tadbirlarni jonlantiriş kun tartibiga çiqar ekan, har bir şahar öz sanitariya kengaşlari orqali turli xil çoralarni köra boşladi.
Mutaxassislarning fikriça, Turkiyada epidemiyaning ikkinçi çöqqiga kötariliş jarayoni kuzatilmoqda, biroq avvalgidan farqli ölaroq, bu gal holatlar soni Onadölidagi şaharlarda ortib bormoqda.
65 va undan katta yoşdagilar uçun yangi çeklovlar
Yangi holatlar soni köpayişi ortidan 35 viloyatda 65 yoşdan oşgan odamlar gavjum joylarga kirişi taqiqlandi.
Uşbu hududlar orasida sönggi haftalarda virusga çaliniş sur'ati ösib borayotgan poytaxt Anqara ham bor.
Turkiya Tibbiyot birlaşmasi prezidenti Sinan Adiyaman Anqara şahridagi şifoxonalarda koronavirus bilan boğliq muammolar paydo böla boşlagani va reanimatsiya bölimlarining bandlik darajasi oşganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan e'lon qilinayotgan kunlik musbat holatlar sonidan farqli ölaroq, birgina Anqaraning özida kuniga 1400ta yangi holat aniqlanyapti.
«Hozirgi vaziyatda Diş Kapi Yildirim Boyazid öquv va tadqiqot kasalxonasining tez yordam xonasida Covid-19 testi musbat çiqqan, ammo u yerda joy yöqligi tufayli kasalxonaga yotqizilmagan bemorlar borligini bilamiz. Ularning qarindoşlari bizga murojaat qilişmoqda va biz bemorlarga Anqarada joy qidiryapmiz», dedi u.
Adiyaman Anqara tez tibbiy yordam punktlaridan klinikalarga transfer qilinayotgan bemorlar oqimida tirbandlik yuzaga kelayotgani, yengil va örtaça pnevmoniya bilan oğrigan bemorlar ham öz uylariga yuborilayotgani, uylariga yuborilganlar esa izolyatsiya qilingan holda emas, balki jamoat transportida jönatilayotganini ta'kidladi.

Anqara universiteti tibbiyot fakultetining professor-doktori Najmiddin Unalning sözlariga köra, Turkiya ayni paytda «epidemiyaning qoq markazida» turibdi. Uning fikriça, Turkiya birinçi tölqinning ikkinçi çöqqisiga qarab ketmoqda va doira tobora torayib bormoqda.
Anqara tibbiyot fakultetida reanimatsiya muammosi yöqligini bildirgan Unal ba'zi şaharlardan olingan ma'lumotlar intensiv terapiya imkoniyatlari tölganini körsatayotganini aytdi.
«Şifoxonamizda intensiv davolanişni talab qilmaydigan bemorlar uçun ajratilgan joylar töla. Koronavirusga çalingan bemorlar uçun ajratilgan reanimatsiya yotoqlarning esa 50 foizi band. Töğri, biz hozirda Anqara tibbiyoti ölaroq muşkul ahvolda emasmiz, ammo mamlakat sifatida qiyin ahvolga tuşib qoldik.
Hamkasblarimdan olgan ma'lumotlarimga köra, ba'zi şaharlarda bemorlarning soni juda köp va reanimatsiya bölimlari tölib bölgan, şu bois bu yerlarda qöşimça joylar taşkil qiliş borasida işlar amalga oşirilmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi esa bu borada ma'lumot bermayapti», deydi u.
SSVning sönggi bayonotiga köra, reanimatsiya böyiça ma'lumotlar:
Soğliqni saqlaş vaziri Faxriddin Xöja Covid-19 va boşqa barça kasalliklarga oid xizmat yotoqlarining töliqlilik darajasi 51,3 foizni, reanimatsiya yotoqlariniki esa 64,8 foizni, şuningdek, sun'iy respiratorlarning bandlik darajasi 31,7 foizni taşkil etayotganini ma'lum qildi.
Vazir barvaqt boşlangan muolajalar soyasida Köniya, Izmir, Istanbul va Anqarada pnevmoniya soni asta-sekin kamayganini, ammo oğir ahvoldagi bemorlar soni Turkiya miqyosida oxirgi oy davomida kundan kunga ortib borganini va kasalxonalardagi yuk tobora oğirlaşayotganidan xavotirda ekanini bildirdi.
Muayyan viloyatlarda qabul qilingan qarorlar natijasida 10 şaharda holatlar soni kamayganini, 12 şahar barqaror holatga kelganini va 7 viloyatda kuraş davom etayotganini ifoda etgan Faxriddin Xöja şunday dedi: «Sönggi haftalarda xatolarga yöl qöyilgani tufayli ba'zi şaharlardan şikoyatlar oldik. Odamlar bu kuraşda jonbozlik körsatişmoqda. Insonlar holdan toyişi mumkin, odamlar bilan boğliq muammolar tuğilgan payt biz özgarişlarga qöl urdik, infratuzilmamizni mustahkamladik. Sivas va Urfada qisqa bir muddat davomida kuzatilgan intensiv terapiya joylari tölib qolgani bilan boğliq masalani hisobga olmaganda, boşqa bir muammoga duç kelmadik. Urfada holatlar soni ortganidan xabardormiz, reanimatsiya yotoq-joylarining sonini orttiryapmiz, yana 121ta joy qöşimça qilinadi», dedi.
Vazirlik tomonidan Covid-19 bemorlarini kasalxonaga yotqiziş siyosati özgartirilgani, ya'ni koronavirus testi musbat çiqqan odamlarni öz uylariga yuborilayotgani masalasida turli tanqidlar bildirilmoqda.
Unal oldin Covid-19 testi musbat çiqqan yoki tomografik tekşiruvlari bölgan bemorlar kasalxonaga yotqizilganini, ammo hozir test natijasi musbat çiqqan odam ham agar alomatlari yengil bölsa, uyiga jönatib yuborilayotganini aytdi.
U kasalxonalardagi yukni kamaytiriş uçun qöllanayotgan uşbu siyosat töğriligini, biroq uyga yuborilgan odamlarni albatta «kuzatib boriş» kerakligini ta'kidladi.
«Uyiga jönatib yuborilgan bemor samarali tarzda kuzatib borilsa, bu juda töğri siyosat böladi. Ammo ularning qança qismi uyda qolayotgani bizga ma'lum emas. Karantinga olingan bemor Alaniyada ta'tildan çiqib kelmoqda. Qolaversa, uyda karantin şartlariga qay darajada rioya qilinayotgani ham aniq emas. Çet elda ötkazilgan bir tadqiqot şuni körsatadiki, Covid-19 virusini yuqtirib oliş holatlarining 75 foizi oilada kuzatilmoqda», dedi u.
Nafaqat poytaxt Anqarada, balki butun Turkiyada holatlar soni ortib borayotgani jiddiy e'tiborga molik holat, biroq mutaxassislar vazirlik tomonidan e'lon qilinayotgan ma'lumotlar «şaffof» emasligi tufayli mavjud vaziyatga aniq taşxis qöya olmayotganliklarini bildirişmoqda. Ularning fikriça, mamlakat pandemiyaning qaysi nuqtasida turgani noma'lum bölgani tufayli turli «taxminlar» bilan harakat qilingani uçun holatlar soni tobora ortib ketmoqda.

«Biz uşbu kasallik naqadar jiddiyligini xalqqa olti oydan beri tuşuntira olmadik. Ahvol jiddiyligini anglatiş uçun esa uning dahşatini oçib berişimiz kerak. Bu esa ma'lumotlar oçiq-oşkor e'lon qilinişi orqali amalga oşiriladi. Qaysi şaharda qança bemor bor, ularning yoşi neçada, testlar qaysi guruhlarda ötkazilmoqda? Faqat şundagina mahalliy çoralarni köriş mumkin», dedi Najmiddin Unal.
Turkiya Tibbiyot birlaşmasi prezidenti Sinan Adiyaman esa Anqaradagi holatlar soni ortişining sabablari aniq emasligini bildirdi.
«Anqaradagi bemorlarning yoş oğirli qanday? Balki buni bilsak, sabablar borasida biror xulosaga kelişimiz mumkin», dedi u.
Ba'zi şaharlarda intensiv terapiya yotoqlari «signal» bermoqda
Turkiya jami 39 ming 279 intensiv terapiya yotoq-joyi bilan OECD (The Organisation for Economic Co-operation and Development – Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkiloti) davlatlari orasida birinçi örinda turadi va intensiv terapiya yotoq-joylari soni böyiça Germaniya, AQŞ kabi mamlakatlar bilan bir qatordan joy olgan. Biroq mazkur intensiv terapiya qobiliyati Turkiyadagi har bir şahar uçun taalluqli emas.
Turk reanimatsiya birlaşmasi prezidenti, professor-doktor Ismoil Jinel Onadöli viloyatlaridagi reanimatsiya bölimlari «signal» berayotganini aytdi.
«Birinçi tölqin Istanbulda jiddiy keçdi va biz uni yengib ötişga muvaffaq böldik. Ammo uyuşmamizning turli viloyatlardagi a'zolaridan olingan ma'lumotlarga köra, endigi holatlar, asosan, Istanbuldan taşqarida – Onadöli viloyatlarida kuzatilmoqda. Istanbulda-ku joy yetarli darajada, ammo boşqa şaharlarda zaxira qolmadi», dedi u.
Jinelning sözlariga köra, pandemiyaning ilk bosqiçida Istanbulda amalga oşirilgani kabi uşbu şaharlarda ham yotoq hajmini 25 foizga oşiriş imkonsiz.
Kasalliklar soni ortib boriş tendensiyasini hisobga olgan holda, Jinel köplab şaharlar jiddiy xavf ostidaligini ta'kidladi.
«Onadöli viloyatlarida intensiv terapiya yotoq joylarining soni hatto biz tasavvur qila olmaydigan qisqa bir fursat içida yetarli bölmay qolişi mumkin. Diyorbakir, Şonliurfa yoki Malatya... Uşbu şaharlardagi şoşilinç bölmagan tibbiy xizmatni keçiktirib turiş va şu orqali xonalar reanimatsiyaga aylantirilişi, yotoq soni şu yösinda köpaytirilişi mumkin. Koronavirusga çalingan bemorlarni öz şahrida davolaşimiz lozim, ularni boşqa şaharga ötkaziş orqali muammoni hal qilib bölmaydi.

Holatlar soni ilk çöqqiga kötarilgan payt Istanbuldagi reanimatsiya bölimlarining 80 foizi Covid-19 intensiv terapiyasiga aylantirilgandi. Ammo hozir Onadöli yoqasida 25dan ortiq kasalxona mavjud bölgani holda, ularning atigi uç-törttasidagina koronavirus intensiv terapiyasi mavjud. Boşqa kasalxonalar ham koronavirusga çalingan bemorlarni şu yerga yuborişadi.
Yotoq-joylari masalasida hozirça Istanbulda qizil çiroqlar yonmadi, ammo Onadöli şaharlarida qönğiroqlar allaqaçon çalingani aniq. Turgan gapki, öt u yerdan Istanbulga ham tutaşadi. Çunki yoz tugaşi bilan odamlar öz tuğilgan joylaridan Istanbulga qayta boşlaydilar», dedi mutaxassis.
«Çeklangan imkoniyatlar töliq yetarli bölmaydi»
Turkiya reanimatsiya hamşiralari uyuşmasi rahbari Ebru Kiraner ham Turkiyaning pandemiyadagi hozirgi holati xususida Ismoil Jinel bilan hamohang fikr bildirdi va asosiy muammolar Onadölidagi şaharlarda yuzaga kelayotganini ta'kidladi.
«Sönggi kunlarda yangi holatlar soni ortişi bilan biz Anqara, Şonliurfa, Gaziantep, Artvin, Ordu, Malatya, Köniya va Qaysariyadagi a'zolarimizdan juda jiddiy xabarlarni olyapmiz. Hamkasblarimiz intensiv terapiya yotoq joylari töla boşlaganini va ulgura olmayotganliklarini aytişmoqda. Agar vaziyat şunday davom etsa, çeklangan imkoniyatlar yetarli bölmay qolişi mumkin.
Biz yaqinda Soğliqni saqlaş vazirligiga hisobot yubordik va zudlik bilan çora-tadbirlar rejasi tuziş kerakligini aytdik. Ehtimol, yaqinda jonlantiriş bölimlaridagi hamşiralar soni yetişmay qolişi mumkin. Qolaversa, şifoxonalardan hali ham tibbiy jihozlar bilan boğliq muammolar mavjudligi yuzasidan xabarlar olib turibmiz.
Istanbuldagi yotoqlar hali tölmadi-ku deb, özimizni özimiz aldamasligimiz kerak, çunki bu narsa raqamlar kamligini körsatmaydi. Buni Istanbuldagi juda katta yotoq siğimi bilan izohlaşimiz mumkin. Qolaversa, aksariyat yirik şifoxonalar birinçi çöqqida intensiv terapiya yotoq-joylari sonini köpaytirdi va har ehtimolga qarşi u yotoq-joylarni Covid-19 uçun uşlab turdi.
Jonlantiriş bölimida işlaydigan jamoalar hozir juda çarçagan. Biz epidemiyani hali ham ilk reanimatsiya guruhlari bilan davom ettiryapmiz va endi odamlar holdan toydi. Agar öz vaqtida hamşiralar tayyorlaş tizimini yölga qöyganimizda va ular öz vazifasini ado etganda edi, hozirda biz hamşiralarni 24 soat davomida navbatçilikda işlatmayotgan bölardik», dedi u.

Izmirda holat qanday?
Istanbulda bölgani kabi Izmirda ham reanimatsiya xizmatlari töla ekanligi haqida ma'lumot yöq.
11 avgust kuni bayonot bergan Izmir gubernatori Yavuz Selim Koşger Izmirda holatlar köpayiş tendensiyasi kuzatilayotganini aytdi. «Bir oy oldingiga qaraganda yomonroq ahvoldamiz. Raqamlar va statistika yanada yomonlaşmoqda», dedi u.
19 avgust kuni Izmir tibbiyot palatasi rahbari Lutfi Çamli Sonsöz gazetasiga Egeyda bergan intervyusida şaharda har kuni örtaça 4 mingta test ötkazilayotganini va 200-250ta yangi holat qayd etilayotganini ta'kidladi.
Izmirning namunali davlat şifoxonalaridan birida intensiv terapiya bölimida koronavirusga çalingan bemorlarni davolayotgan, ammo ismi oşkor etilişini istamagan bir şifokor Izmirda hozirça jiddiy reanimatsiya muammosi yöqligini, ammo yangi holatlar soni tobora ortib borayotganini aytdi. U epidemiyaning dastlabki kunlaridagi kabi iş köpayganini, ammo holdan toygan tibbiyot xodimlarining iştiyoqi oldingidek emasligini ma'lum qildi.
«Hamkasblarimiz orasida testi musbat çiqqanlarning soni va ölim holatlari ortib borişi bilan motivatsiyamiz ham kuçsizlanmoqda. Hozirça Izmirdagi şifoxonalarda katta muammo yöq, ammo agar bu jarayon şunday davom etadigan bölsa, ya'ni bemorlar köpayib, soğayganlar soni kamayadigan bölsa, albatta tizim bloklanib qoladi», dedi u.

Xususiy şifoxonalar «xizmat doirasidan taşqarida»mi?
2018 yil holatiga köra, Turkiyadagi umumiy yotoq hajmining 21,65 foizi, reanimatsiya yotoq hajmining esa 41,93 foizi xususiy şifoxonalarga töğri keladi.
Xususiy kasalxonalar platformasi uyuşmasidan olingan ma'lumotlarga köra, epidemiyaning ilk kunidan boşlab hozirgaça şifo topgan bemorlarning taxminan 30 foizi xususiy şifoxonalarda davolangan.
Ammo Ijtimoiy xavfsizlik instituti iyul oyida pandemiya paytida kasalxonalarga berilayotgan epidemik yordam tölovini töxtatdi va xususiy şifoxonalarga pandemiyadan oldingi davrga qaytilganini ma'lum qildi.
Bu qisqartiriş, öz navbatida, xususiy kasalxonalarni moliyaviy inqirozga duçor qildi va şuning uçun ham xususiy şifoxonalar iyul oyidan e'tiboran koronavirus testi musbat çiqqan bemorlarni davolamay qöydi, degan fikrlar paydo böldi.
Xususiy kasalxonalar platformalari uyuşmasi raisi doktor Mehmet Altuğ esa uşbu holatga qaramay, xususiy şifoxonalar koronavirus muolajalarini uzluksiz davom ettirayotganini aytdi.
Altuğ, şuningdek, xususiy kasalxonalarning pandemiya kasalxonasi deb e'lon qilingani ularning daromadlari qariyb 50 foizga qisqarişiga sabab bölganini, xususiy şifoxonalar yetarli darajada rağbatlantirilmagani va Ijtimoiy xavfsizlik instituti tölovlarining qisqarişi ularga salbiy ta'sir körsatganini ta'kidladi.
«Covid-19’ga çalingan bemorlardan qöşimça tölov oliş taqiqlandi. Holbuki, bir bemor uçun işlatiladigan kunlik himoya vositalarining narxi kuniga 500 lirani (taxminan 68 AQŞ dollari – tahr.) taşkil qiladi. Xususiy şifoxonalar bir munça vaqt qöşimça tölovsiz keçasi 33 liraga xizmat körsatdi. Keyinçalik Ijtimoiy xavfsizlik instituti pandemik yordam tölovini yölga qöyib, 666 lira (taxminan 90 AQŞ dollari – tahr.) tölaşni boşladi. Şundan söng xususiy kasalxonalar yengilroq nafas ola boşladi. Keyinçalik bu bekor qilindi, ammo bizning tölov qabul qilişimiz hali ham taqiqlanadi.
Şunga qaramay, şifoxonalarimizga yotqizilgan va Covid-19 kasalligiga şubha qilingan bemorlarni qabul qiliş va davolaşda deyarli heç qanday özgarişlar bölmadi. Boşdan keçirayotgan şunça muammolarimizga qaramay, biron bir bemorni davolaşdan boş tortganimiz yoki uni davlat kasalxonalariga yönaltirganimiz yöq», deydi u.
Xususiy şifoxonalarda işlaydigan tibbiyot xodimlarining 15-17 foizi zararlanganligini ta'kidlagan Altuğ epidemiyani boşqarişda paradoks mavjudligini ta'kidladi.
«Tibbiyot xodimlarimiz hozir butkul holdan toyişgan. Ular birinçi oylardagi kabi ğayrat va fidoyilik namoyiş eta olmaydilar. Covid-19’ga çalingan bemorlar esa tobora köpayib bormoqda, xodimlarimiz soni kamaymoqda, mavjud xodimlarning motivatsiyasi ham tuşib ketmoqda. Covid-19 xizmatida işlaşni istamaganlar esa birgalaşib iste'foga çiqişmoqda. Covid-19 bilan boğliq musbat holatlar ortib borayotgan bir paytda Ijtimoiy xavfsizlik instituti pandemiya tölovlarini bekor qilmoqda. Bu biz uçun bir paradoksday tuyulyapti va afsuski, bunday şaroitda davom etişning iloji yöq», deydi u.













