Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda kon nazoratchisi 42 mln so‘mlik oltin qum zarralarini o‘g‘irladi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Navoiy shahar 2-sonli IIB JQB hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, 1978 yil Navoiy viloyati Navoiy tumanida tug‘ilgan, NKMK DK kon boshqarmasida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadida nazoratchi, Karmana tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.M. o‘zi ishlab kelayotgan kon boshqarmasidan narxi qariyb 42 million 275 ming so‘mlik qiymatdagi og‘irligi 3800 gramm bo‘lgan oltin qum zarralarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida, qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Natijada, fuqaro N.M.ning jinoiy xatti-harakatlari yakuniga yetmay qolib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzar N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026