Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy tumanidagi qator manzillarga ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Bu Toshkent shahrida 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Joriy yilning 25 avgust kuni soat 22:00dan 26 avgust 18:00ga qadar Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasidan o‘tuvchi ichimlik suvi tarmog‘ida profilaktik ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu Toshkent shahrida 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturiga muvofiq bajariladi.
Shu munosabat bilan qator manzillarga ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ular:
- Yakkasaroy ko‘chasi;
- Suqrot ko‘chasi;
- Hiloliy 3-tor ko‘chasi;
- Sh.Rustaveli ko‘chasi;
- Nasafiy ko‘chasi;
- Cho‘pon ota ko‘chasi.
Suv ta'minotidan uzilgan hudud aholisi ichimlik suvi yetkazib berilishi bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin: 71 255-05-50, 71 255-26-76
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026