Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Formula-1” poygalari taqvimiga 4 ta bosqich qo‘shildi
“Formula-1” poygalarining rahbariyati joriy mavsumda Xitoy bosqichini bekor qilib, poygalar taqvimiga yana 4 ta bosqich kiritishga qaror qildi. Bu haqda poygalarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Foto: Formula1.com
Fevralda o‘tishi kerak bo‘lgan Xitoy gran-prisi noma'lum muddatga qoldirilgandi, iyulda esa Xitoyning sport bosh boshqarmasi mamlakatda barcha musobaqalar o‘tkazilishini bekor qilgan.
Shu bilan birga, poygalar taqvimi 13 ta bosqichdan 17 tagacha kengaytirildi. Joriy mavsumda 9 yillik tanaffusdan keyin yana Turkiya gran-prisi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Bahraynda 2 ta bosqich o‘tkaziladi. Poygalarning so‘nggi bosqichi esa Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Turkiya oxirgi marta poygalarni 9 yil avval qabul qilgan. Turkiya bosqichi Istanbul-park avtodromida bo‘lib o‘tadi.
“Formula-1”ning qolgan poygalari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
- 30 avgust – Belgiya gran-prisi
- 6 sentabr – Italiya gran-prisi
- 13 sentabr – Toskana gran-prisi
- 27 sentabr – Sochidagi Rossiya gran-prisi
- 11 oktabr – Nyurburgring gran-prisi
- 25 oktabr – Portugaliya gran-prisi
- 1 noyabr - Emiliya-Romanya gran-prisi
- 15 noyabr – Turkiya gran-prisi
- 29 noyabr – Bahrayn gran-prisi
- 6 dekabr – Bahraynda Sohir gran-prisi
- 13 dekabr - Abu-Dabi gran-prisi
Ayni vaqtda chempionatda 6 ta bosqich o‘tkazib bo‘lindi. Poygalarda Mercedes jamoasi a'zosi, amaldagi chempion Lyuis Hemilton 132 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
An'anaga ko‘ra, mart oyida start oluvchi poygalar joriy yilda pandemiya sababli iyuldagina boshlandi. Bundan tashqari, ba'zi bosqichlar bekor qilingan, boshqalari esa kechroq muddatga ko‘chirilgan. Dastlabki taqvimga ko‘ra, joriy mavsumda jami 21 ta bosqich o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Usmon Dembele «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi
Sport | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti va Citigroup raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 00:44
-
Shavkat Mirziyoyev Blackrock investitsiya kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 23:49 / 22.09.2025
Mavzuga oid

18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

23:50 / 07.10.2023