Lisenziya va ruxsatnoma olish jarayonlari to‘liq elektronlashtiriladi
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tizimi elektron shaklga o‘tkazilishi borasida ma'lumot berdi.
«2021 yil 1 yanvardan litsenziya va ruxsat berish tartibiga oid hujjatlar to‘liq elektronlashtiriladi. Bu borada Adliya vazirligi tizimli ishlarni boshlab yuborgan. Hozirda dasturiy ta'minot ustida ish olib boryapmiz.
Bu yagona platforma bo‘ladi. Barcha litsenziya va ruxsat berishga oid munosabatlar to‘liq elektronlashtiriladi. Bevosita QR kod amal qiladi, guvohnomaga ham hojat qolmaydi. Platforma ishga tushishi bilan tadbirkorlar hech bir tashkilotga bormasdan internet orqali litsenziya olish yoki elektron tarzda litsenziyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, ruxsat berishga oid hujjatlarni ham elektron tarzda olishi mumkin bo‘ladi. Viloyatdagi tadbirkorlar ham Toshkentga kelib ovora bo‘lmaydi. Uydan turib elektron ro‘yxatdan o‘tadi. Inson omilini kamaytirish hisobiga korrupsiya ham bartaraf etiladi» – dedi Turdiyev 25 avgustdagi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgustda «Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan 78 turdagi faoliyat bilan litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan turib shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11:58 / 04.09.2024
Akfa universiteti litsenziyaga ega bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga talabalarni qabul qilgan
20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi
11:50 / 13.06.2024