Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi
Ayrim manzillarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Joriy yilning 24 avgust kunidan 25 avgust kuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani 10-mavzeda 800 mm. diametrdagi ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, buning natijasida ayrim manzilgohlarda suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ular:
- Tiklanish ko‘chasi;
- Gulyor ko‘chasi;
- Tiklanish 1, 2, 3, 4, 5 va 6-tor ko‘chalari.
Hozirda avariyani bartaraf etish ishlari tashkil qilingan. Soat 17:00da ishlar tugatiladi va ichimlik suvi ta'minoti tiklanadi.
Mazkur ko‘chalarga ichimlik suvi tashuvchi avtosisternalarda suv yetkazib beriladi. Murojaat uchun: 71 252-60-08, 71 252-55-78
Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026