Jahon | 18:33 / 26.08.2020
7338
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda aviataksilar parvozi uchun alohida havo yo‘lagi ajratiladi

Dubay transport boshqarmasi BAAning havo aviatsiyasi boshqarmasi bilan uchuvchisiz aviataksilar uchun maxsus havo yo‘nalishi o‘rnatilishi haqidagi kelishuvni imzoladi. 

Foto: Pankaj Sharma/Gulf News

Uchuvchisiz aviataksilarni tatbiq qilish loyihasi Sky Dome (Osmon gumbazi) deb nomlangan bo‘lib, u Dubay bo‘ylab yangi transport turi uchun ko‘plab uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etishni taklif qiladi. Aviataksilar ma'lum balandlikda harakatlanadi. 

Katta dronlarga o‘xshash aviataksi o‘z bortiga 2 yo‘lovchini oladi. Bu mashinalarning sinovlari Amirliklarda 2017 yildayoq boshlangandi. Mahalliy hokimiyat 2030 yilgacha Dubaydagi butun transportning 25 foizi boshqaruvchisiz bo‘lishiga umid qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid