O‘zbekiston | 09:49 / 27.08.2020
15432
6 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti hamda «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi

Prezident «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni va «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlaydi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. 

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Raximbayev Otabek Davlatbayevich - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Serjanov Pamir Oralbayevich - Nukus shahridagi «Oralbay Nukus» oilaviy korxonasi rahbari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Abduxalilov Mirzoxid Voxidjon o‘g‘li - Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Komilov Alisher Abdumannob o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy xodimi (Andijon viloyati)

Djurayev Feruz Xamroyevich - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a'zosi (Buxoro viloyati)

Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li - Peshku tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘li - Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti (Jizzax viloyati)

Xalilov Ravshan Qaxramon o‘g‘li - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ochilov Muxriddin To‘lqin o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Xaydarov Suhrob Suranbayevich - Navoiy shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Egamov Husen Erkinovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Abduxalilov Farrux Shuxratjon o‘g‘li - Yangiqo‘rg‘on tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi vrach-epidemiologi (Namangan viloyati)

Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining 1-bosqich magistranti (Namangan viloyati)

Nurullayev Hasan Jo‘rabek o‘g‘li - Narpay tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Sharipov Rasul Shokir o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari vzvod komandiri (Samarqand viloyati)

Usmonov Jasur Botir o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy-texnik instituti tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)

Eshbekov Azizjon Maxmudjon o‘g‘li - Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Lutfillayev Sharafuddin Rustamovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

Saparov Olim Nasimovich - «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasining Termiz shahar filiali rahbari (Surxondaryo viloyati)

Yo‘ldashboyev Boburjon Dilshodjon o‘g‘li - Parkent tumanidagi «Modern edusation» intellektni rivojlantirish markazi direktori (Toshkent viloyati)

Shoyunusov Sarvar Ikrom o‘g‘li - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Axadjonov Asilbek Abdusalom o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Imomov Jasurbek Axrorjon o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Bobojonov Rahmatjon Alisher o‘g‘li - Toshkent shahridagi «Kitob dunyosi» gazetasining o‘zbek adabiyoti bo‘limi muharriri (Xorazm viloyati)

Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Mamajonov Muhiddin Mo‘ydinjon o‘g‘li - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-o‘qchisi (Toshkent shahri)

Mustafin Vladislav Alfredovich - Suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi (Toshkent shahri)

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid