Senatda bölib ötgan tantanali marosimda madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillariga “Şuhrat” medali, “Döstlik” va “Mehnat şuhrati” ordenlari hamda boşqa davlat mukofotlari topşirildi.
28 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 29 may kuni esa uşbu mukofotlarni topşiriş marosimi bölib ötdi.
Taqdirlanganlar orasida xalq sevgan san’atkorlar, şoirlar, bastakorlar, teatr va kino vakillari bor. Farmonga köra ularning 52 nafari “Şuhrat” medali, 44 nafari “Döstlik” ordeni va 24 nafari “Mehnat şuhrati” ordeni hamda boşqa turli mukofotlar bilan taqdirlangan.
“Niyat qilardim prezidentimiz qöllaridan unvonlar, ordenlar olişni. Öşalarning ijobati bugun, judayam xursandman. Bu mukofot faqat menga emas, butun Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat akademik musiqali teatrining har bir xodimiga berilgan baho, yuksak e’tirof. Jamoamiz judayam xursand. Maqsuda Otajonovaga “Özbekistonda xizmat körsatgan artist” unvoni, Muqaddas Mamadaliyevaga “Şuhrat” medali, menga “Mehnat şuhrati” ordeni berişganidan boşimiz osmonda”, - deydi “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi.
Taqdirlanganlar orasida ustoz-şogird an’anasini davom ettirib kelayotgan ijodkorlar ham bor.
“Birinçi qilgan işim “Şuhrat” medalini tavsifi bilan tanişiş böldi, öqib çiqdim va bizning mehnatimizni şunga loyiq topişganidan xursand böldim. Hammaga, taqdirlaganlarga rahmat va şungaça men bilan kelişda birga turgan butun jamoamga rahmat aytaman. Bu yerda mening ismim yozilgan, lekin jamoamizdagi xizmati bor bunda”, - deydi “Şuhrat” medali sohibi Mirşakar Fayzullayev.
Şuningdek, milliy madaniyat rivojiga hissa qöşgan 24 nafar marhum ijodkor ham davlat mukofotlariga loyiq körildi.
“Men bitta narsani aytgim keladi, bizni kuzatayotgan adolatli közlar borligiga yurak-yuragimdan ijodkor sifatida suyundim. “Ölding-öçding” degan gap töğri emasligini bugun közimda yoş bilan esladim. Demak har bir qilingan iş, har bir natijasi aniq ijodiy mahsulot bera olgan ijodkorning ijodi bir çekkada qolib ketmas ekan. Qolmayapti ham. Bu e’tirof, bu e’tibor. Buni qölimizni köksimizga qöyib, boşimizni egib qabul qilamiz”, - deydi “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Tolib Hojiyev.












