Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz’da e'lon qilingan maqola qahramoniga himoya orderi berildi
22 avgust kuni Kun.uz saytida «Turmush qurganimdan beri erimdan kaltak yeyman. Ajrashmoqchi bo‘ldim, ammo...» – Bir ayol hikoyasi» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingandi. Unda samarqandlik bir ayol taqdiri hikoya qilingandi. Ayolga turmush o‘rtog‘i tomonidan doimiy ravishda jismoniy tazyiqlar o‘tkazilib kelingan. Bunga erining muttasil ichkilikka berilib ketgani sabab bo‘lgan. Oiladagi iqtisodiy qiyinchiliklar ham o‘rtada janjallarni keltirib chiqargan.
Ushbu maqola chop etilgach, Samarqand viloyati IIB masalaga e'tibor qaratib, oiladagi muammoni o‘rganishga kirishdi. Xabar berilishicha, haqiqatan ham Qo‘shrabot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.E. turmush o‘rtog‘i O.E.ga jismoniy, ruhiy tazyiqlar o‘tkazib kelgan va ular mahallada “notinch oila” sifatida ro‘yxatda turishgan.
Ma'lum qilinishicha, Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, mayor S. Fozilov, Qo‘shrabot tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari S. Mahmudova va xududiy profilaktika inspektori, leytenant B. Norqulov ishtirokida O.E.ga SV-№0000182 raqamli himoya orderi berildi.
O.E va R.E.larga himoya orderi haqida kerakli tushunchalar berildi. O.E.ga yashash hududidan mahalla mutaxassisi murabbiy etib biriktirildi. R.E. Samarqand viloyati Narkologiya dispanseriga o‘z xohishi bilan davolanish uchun joylashtirildi.
Hozirgi kunda O.E.ga tuman hokimiyati bilan hamkorlikda “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida doimiy daromadga ega bo‘lishga sharoit yaratish maqsadida zamonaviy tikuv mashinasi olib berish chorasi ko‘rilmoqda.
Muhabbat Ma'mirova.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

10:09 / 15.07.2022
Samarqandda bokal bilan urib hamshiraning boshini yorgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi

09:34 / 14.07.2022
Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini krujka bilan urib yordi

21:29 / 02.03.2021
Qo‘shrabotda SES binosini qurish va ta'mirlashda talon-torojlik fosh etildi

19:23 / 13.11.2020