Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zpaxta» avtomatlashtirilgan tizimi bino va inshootlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga beriladi
Obekt “O‘zpaxtasanoat” ustav kapitalidagi davlat ulushini mutanosib ravishda balans qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi hisob-kitobini yuritishning ochiq va shaffof tizimi barqarorligini ta'minlash bo‘yicha farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Toshkent shahar, Sh.Rustaveli, ko‘chasi, 8a-uy manzilida joylashgan “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan tizimi bino va inshootlari hamda tegishli jihozlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.
Belgilanishicha, obekt “O‘zpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini mutanosib ravishda balans (qoldiq) qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda bino va inshootlar hamda jihozlarning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini ta'minlaydi.
Farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
14:07 / 25.07.2023
“Guruch yetishmovchiligi va narx oshishi haqidagi xabarlar yolg‘on, bizda zaxira yetarli” - QXV
20:29 / 12.11.2021
Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzi narxi 4-5 baravar arzonlashganini aytdi. Ammo narxlar o‘tgan yillardagidan 2-3 barobar yuqori
15:56 / 19.06.2021