Unga köra, mamlakatda guruç yetişmovçiligi va tez orada narxlar keskin oşişi haqidagi miş-mişlar “yolğondan boşqa narsa emas”. Özbekiston özining yetarli guruç zaxiralariga ega.
“Özbekiston Respublikasida har yili 100 ming gektardan ortiq maydonlarda şoli ekib, yetiştiriladi. Respublika şaroitida aholi jon boşiga örtaça yiliga 9,8 kgdan guruç iste’moli talab etiladi. Ya’ni respublika aholisini töliq guruç mahsulotlari bilan ta’minlaş uçun 353 ming tonna guruç zaxirasi talab etiladi.
Respublika xududlarida 2022 yilda 105,8 ming gektar maydonlarda şoli ekilib, 516,9 ming tonna şoli yetiştirildi. Guruç hisobida 310 ming tonnani taşkil etadi. Ya’ni, aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam guruç işlab çiqariladi (2021 yilga nisbatan 48 ming tonna köp şoli yetiştirilgan).
Tahlillarga köra, 2022 yilda respublika böyiça 8 ming tonna guruç import qilingan bölsa, 2023 yilda 53,5 ming tonna guruç importi amalga oşirilgan. Ya’ni iste’molga nisbatan 10 ming tonna ortiqça guruç import qilingan.
Guruç importi Qozoğistondan 29,3 ming tonna (54,7 foiz), Pokistondan 23,2 ming tonna (43,3 foiz), Tailanddan 599 tonna (1,1 foiz), Turkiyadan 265 tonna

















