Tahlilçilarning bildirişiça, Örta yer dengizida keskinlik oşib borayotganiga sönggi yillarda mazkur mintaqada AQŞ öz ta'sirini kamaytirib boryotgani sabab bölyapti.

Turklar va greklar nega bahslaşmoqda? Ularning ittifoqçilari nimaga erişmoqçi? Sodir bölayotgan bahslarga siyosiy islom va arab monarxiyalarining qanday aloqasi bor? Örta yer dengizida yangi öyinçilarning paydo bölişi qanday xavflarni tuğdiradi? Quyida şular haqida.

BBC rus xizmati Gretsiya, Turkiya, Isroil va Buyuk Britaniya mutaxassislardan Örta yer dengizi tegrasida sodir bölayotgan hodisalar yuzasidan izoh oldi.

Odatda, avgust oyida Egey va Ionika dengizlarining dam oliş maskanlari millionlab sayyohlar bilan tölib ketadi. Ammo bu yil uşbu hudud, turli gazetalarning boş sahifasida Fransiya, Italiya va Birlaşgan Arab Amirliklarining harbiy kemalari va qiruvçi samolyotlarining taşrifi haqidagi xabarlar bilan köproq yodda qolyapti. Bu yerda NATOning ikki a'zosi – Gretsiya va Turkiya örtasida Örta yer dengizidagi gaz konlarni özlaştiriş da'vosi ortidan sodir bölayotgan bahslar fonida greklar öz ittifoqçilari bilan harbiy öquv maşqlari ötkazişdi.

Hozirça har ikki tomon ham çekinmoqçi emas. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Gretsiyani Vizantiya merosxöri bölişga noloyiq deb hisoblaydi. Uning Adolat va taraqqiyot partiyasidan deputat bölgan hammaslagi esa Gretsiyaning köplab orollari XX asr boşigaça turklarniki bölgani, öşanda teng bölmagan vaziyatda ular tortib olinib greklarga berilganini, bugun tarixiy adolatni tiklaş vaqti kelganini da'vo qilmoqda. Gretsiya hukumati ham qarab turmayapti va öz qirğoq zonasini kengaytirmoqda.

Ikki qöşni mamlakat örtasidagi mojaroda yana köplab taşqi «öyinçi»lar iştirok etmoqda. Turkiyaga birgina Gretsiya emas, balki Fransiya, Misr va BAA ham qarşi çiqmoqda. Isroil esa Gretsiyani diplomatik yöllar bilan qöllab-quvvatlamoqda.

Gaz konlari ustidagi «jang maydoni» va turklarga qarşi öq

2019 yilda Gretsiya va Turkiya örtasidagi azaliy adovat yangi jabhada – gaz konlari tufayli qayta boşlandi. Hammasi Örta yer dengizida, Kipr orolining janubiy qirğoqlaridan biroz uzoqlikdagi dengiz hududidan yirik gaz koni topilişi bilan boşlandi.

Uşbu gaz konining Fransiyaning Total va Italiyaning Eni kompaniyasi tomonidan özlaştirilişi Turkiyaning noroziligiga sabab böldi. Turkiyaning da'vo qilişiça, yangi topilgan kondan Kipr orolining şimolida joylaşgan Şimoliy Kipr turk respublikasiga ham uluş ajratilişi kerak edi.