Sport | 19:54 / 02.09.2020
4032
2 daqiqa o‘qiladi

2028 yilgi yozgi Olimpiada rasmiy ramzi taqdim etildi

2028 yilda Los-Anjyelesda o‘tadigan yozgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi O‘yinlarning rasmiy logotipini taqdim etdi. E'tiborlisi, ushbu logotip 26 ta variantni o‘zida birlashtirgan.  

Foto: SS0 Public Domain

Logotipda Los-Anjyelesni bildiruvchi LA harflari va 28 soni tasvirlangan. L va 28 qora rangda tasvirlangan, A harfi esa 26 xil ko‘rinishda o‘zgaradi. Bu shaharning taniqli odamlari tarixini ifodalaydi.

Logotipning variantlari mualliflari orasida qo‘shiqchi Billi Aylish, aktrisa Riz Uizerspun, figurali uchuvchi Adam Rippon, futbolchi Aleks Morgan, sprinterlar Ellison Feliks va Maykl Jonson, snoubordchi Xloya Kim va suzuvchi Simone Manuel bor.

Yozgi Olimpiada uchinchi marta Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. Shahar 1932 va 1984 yillardagi Olimpiadalarni ham qabul qilgan.

Bir yil avval Parijda o‘tadigan 2024 yilgi yozgi Olimpiada ramzi taqdim etilgandi. U medal, Olimpiya mash'alasi va Fransiyaning eng taniqli ayoli – Fransiya ramzlaridan biri va “Erkinlik, Tenglik, Birodarlik” milliy shiori timsoli hisoblangan Marianna yuzini o‘zida birlashtirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid