Tramp Baydenni doping tekshiruvdan o‘tishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratik partiyadan prezident saylovlariga nomzod Jo Baydenni doping qabul qilishga tekshirishni taklif qildi.
Trampning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda Bayden omma oldida o‘ziga xos bo‘lmagan tarzda yaxshi chiqish qilmoqda. AQSh prezidentining aytishicha, avval Bayden debat va shunga o‘xshash tadbirlarda juda yomon ishtirok etgan. Shu sababli Tramp saylovlar bo‘yicha raqibi biror tetiklashtiruvchi vosita qabul qilishi haqidagi xulosaga kelgan. Shu munosabat bilan Tramp Baydenga saylovoldi debatlari oldidan birgalikda dopingga tekshiruvdan o‘tishni taklif qilgan.
Ta'kidlanishicha, Bayden praymerizlar vaqtida 11 ta debatda ishtirok etgan. Bu debatlardan oxirgisi Bayden va uning partiya bo‘yicha raqibi Berni Sanders o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Trampning aytishicha, u Baydenning avvalgi va Sanders bilan o‘tgan debatlarida katta farq ko‘rgan.
“Hech kim uni bu debatlarda g‘alaba qozonadi, deb o‘ylamagandi. Chunki uning debatlardagi chiqishlari yomon bo‘lgan. Rostini aytsam, uning eng yaxshi debati Berniga qarshi bo‘ldi. U bu debat vaqtida Uinstonom Cherchill bo‘ldi, deb aytolmayman-u, biroq bu debatlar avvalgilariga nisbatan yaxshiroq o‘tdi. U o‘zining avvalgi chiqishlarida nokompetent bo‘la turib, so‘ngra Berniga qarshi birdan normal ishtirok etganining sababini bilmayman”, deb aytgan AQSh prezidenti.
Avvalroq Tramp o‘z raqibining aqliy qobiliyatlarini tanqid qilgan. AQSh prezidenti Baydenni sustkashlikda ayblagan va uning yoshi kattaligini ta'kidlab o‘tgan. Bayden noyabrdagi saylovlardan keyin 78 yoshga to‘ladi, Trampning yoshi esa hozirda 74 da. AQSh prezidentining ta'kidlashicha, joriy saylovlarda u Demokratik partiya ilgari surgan “eng yomon nomzod”ga qarshi ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024