O‘zbekiston | 17:22 / 04.09.2020
9563
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Qirqquloch-4 qudug‘ining kunlik debiti 300 ming kub.m gazni tashkil etdi

Joriy yilning 4 sentabr kuni Qirqquloch-4 qudug‘ini o‘zlashtirish ishlari uni to‘liq ta'mirlash hamda uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni, jumladan GRP qo‘llash hisobiga o‘z yakuniga yetdi. Ishlar natijasida gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi.

Qazib chiqarilayotgan uglevodorodlarni aholiga yetkazib berish maqsadida quduqni asosiy gaz quvuriga ulash ishlari 5 sentabr kuni amalga oshiriladi. Bajarilayotgan barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya hamda ekologiya talablariga rioya qilingan holda olib borilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Mavzuga oid