Saudi Aramco yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
Apple aksiyalari 4 sentyabrda 6,05 foizga arzonlashib, bir donasi narxi 113,57 dollargacha tushib ketdi.
Bu esa AQSh kompaniyasining kapitallashuvi 2 trln dollardan tushib ketgani va taxminan 1,942 trln dollarni tashkil qilayotganini anglatadi. Natijada Apple dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida 2-o‘ringa tushib ketib, yana eng yuqori pog‘onani Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco’ga bo‘shatib berdi. Ayni vaqtda Saudi Aramco qiymati 2,11 trln dollarni tashkil qilmoqda.
Apple bilan bir qatorda boshqa texnologik kompaniyalar aksiyalari ham arzonlashmoqda. Bank of America mutaxassisi Maykl Xartnettning ta'kidlashicha, Facebook, Apple, Amazon, Microsoft va Alphabet kabi gigantlar aksiyalari narxi juda oshirib yuborilgani sababli IT-kompaniyalar aksiyalari arzonlashgan narxda sotilishi muqarrar edi.
Uning ta'kidlashicha, IT-kompaniyalar aksiyalarining keskin qadrsizlanishi yaqin haftalarda ham davom etishi mumkin, biroq AQSh prezidenti saylovlari oldidan bozor yana tiklanadi.
Apple va butun texnologik sektor kotirovkalari uchinchi kun tushishda davom etmoqda. 3 sentyabrdagi savdolarning o‘zida Apple’ning bozor qiymati 180 mlrd dollarga qisqargan va bu fond bozori tarixidagi antirekord hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024