O‘zbekiston | 17:38 / 06.09.2020
8551
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan davolanayotgan abituriyentlardan ariza bilan murojaat qilish so‘raldi

Koronavirusga chalinib, davolanayotgan abituriyentlar Davlat test markaziga ariza va COVID-19 tasdiqlangani to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishi lozim.

Foto: Kun.uz

«Ularning arizalarini ko‘rib chiqib, Davlat qabul komissiyasiga murojaat etmoqchimiz. Taklif ma'qullansa, ular uchun imtihonga kelganda tana harorati yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar bilan birgalikda imtihon tashkillashtiriladi», – dedi DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov 6 sentyabrdagi matbuot anjumanida.

Avvalroq DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov koronavirus tasdiqlangan abituriyent test hududiga ishonchli vakil bilan kelishi va dalolatnoma tuzdirishi kerakligi haqida aytgan edi.

To‘lovni to‘g‘ri amalga oshirmagan abituriyentlarga ham testda ishtirok etish imkoni beriladi

Bugungi matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, joriy yilgi kirish imtihonlarida testda qatnashish uchun to‘lovni to‘g‘ri amalga oshirmagan yoki o‘zini bazadan o‘chirgan abituriyentlarga ham testda ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

«Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tib, bilib-bilmasdan ma'lumotlarini o‘chirgan. Bunday abituriyentlarga test sinovlari 13 sentyabrgacha davom etsa, imtihonning oxirgi kunlarida test sinovlarida ishtirok etish imkoni beriladi», – dedi Barno Rajabov.

Barno Rajabov / Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

U abituriyent imtihon vaqtida test kitobchasidagi nuqsoni bor savollar haqida vaqtida nazoratchilarni ogohlantirmagan bo‘lsa, uning da'vosi apellyatsiyada inobatga olinmasligini eslatdi.

Mavzuga oid