O‘zbekiston | 16:50 / 06.09.2020
16217
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

NRG Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasidagi uylar ilk kundayoq o‘z mijozlarini topdi

5 sentabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining markazida joylashgan NRG kompaniyasining Mirzo Ulug‘bek nomli turar joy majmuasidagi uylar sotuvi (birinchi bosqichi) boshlandi. Uzoq kutilgan bu loyihada sotuvlar boshlangan ilk kunidayoq 30dan ortiq shinam xonadonlar va shaxsiy hovlisi bor City House'lar sotildi. Ushbu majmua yashash uchun juda qulay manzilda joylashgani hamda narxlari ham hamyonbop bo‘lganligi uchun savdosi ham chaqqon bo‘lishi avvaldan kutilgan edi.

Majmua ochilishida NRG kompaniyasining asoschilaridan biri – Murod Nazarov, loyiha rahbari Sagitjon Sakalov hamda kompaniyaning eng sadoqatli mijozlari ishtirok etishdi.

«Bu hudud azaldan yashash uchun qulay hisoblanib kelingan. Ko‘plab maktablar, bolalar bog‘chalari, park, sport muassasalari, metro kabi ko‘plab qulayliklar albatta har qanday loyihani qadrini oshirib yuboradi. Men ushbu xonadonlarning bo‘lajak sohiblari qanchalik baxtiyor va shodlikda yashashlarini tasavvur qilayapman», – deb bayon qildi Murod Nazarov o‘zining tantanali nutqida.

Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi – O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozorida o‘zining uslubi va sifati jihatidan ishonch kozona olgan ikki yirik qurilish kompaniyalari – Murad Buildings va Bi Group (Qozog‘iston) hamkorligida yaratilgan NRG kompaniyasining loyihasidir. Ushbu loyihani yuqori sifatli, hamyonbop uy-joy sifatida, shuningdek ilg‘or qurilish, innovatsiyalar va smart-texnologiyalar tajribasini o‘zida mujassam etgan maskan sifatida ifodalash mumkin.

NRG Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi shahar markazida, ammo yo‘llar shovqinidan uzoqda joylashgan. Puxta o‘ylangan konseptual arxitektura, ko‘kalamzorlashtirish, mashinalar kirmaydigan yam-yashil keng hovli, uyning tashqi atrofi va hovli ostida joylashgan avtoturargoh...

Shuningdek, bolalar va sport maydonchalari, bolalar aravachalari uchun yo‘laklar, go‘daklar zonasi, birinchi qavatdagi xonadonlarda shaxsiy hovlichalar va hatto shu majmua aholisi uchun shinam choyxonacha ham barpo qilinadi.

Bir qadam masofada barcha infratuzilmalar – 8ta bolalar bog‘chasi, 5ta maktab, 2ta oliygoh, 4ta sport majmuasi, 2ta istirohat bog‘i va 6ta tibbiyot muassasalari mavjud.

NRG Mirzo Ulug‘bek turar joy majmuasi o‘z mijozlarini chiroyli hurmat ila kutib olishga tayyor.

Manzil: Toshkent shahri, «Buyuk Ipak Yo‘li» metro bekati, Sayram ko‘chasi, 26-uy

Sotuv ofisining ish vaqti: soat 10:00 dan 21:00 gacha.

Telefon: 1060

Sayt: nrg.uz

Reklama huquqi asosida