Jahon | 21:31 / 07.09.2020
16880
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 22 yil avval o‘lgan ot klonlashtirildi

AQShda olimlar 22 yil avval o‘lgan Prjyevalskiy zotidagi otni klonlashtirishdi. Bu haqda hayvonlarning genetik ma'lumotlarini saqlash va tiklashga ixtisolashgan Revive & Restore kompaniyasi ma'lum qilgan. 

Foto: reviverestore.org/projecs/przewalskis-horse

Kurt deb nomlangan toychoq 6 avgustda San-Diyegodagi hayvonot bog‘ida dunyoga kelgan. U genetik olim Kurt Benirshke sharafiga shunday atalgan.

Revive & Restore kompaniyasi ViaGen bilan birgalikda geni 1980 yilda muzlatilgan ot genini tiklagan. Geni muzlatilgan ot Britaniyada 1975 yilda tug‘ilgan. So‘ngra u 1978 yilda AQShga olib kelingan va u yerda 1988 yilgacha yashagan.

Amerikalik biolog Ben Novakning ta'kidlashicha, bu Prjyevalskiy otining oxirgi 17 yilda birinchi muvaffaqiyatli klonlashtirilishi hisoblanadi. 

Mavzuga oid