Yagona milliy mehnat tizimida iş beruvçi va xodimlar örtasida tuziladigan mehnat şartnomalarini röyxatga oliş, xodimning mehnat faoliyati töğrisidagi barça ma'lumotlarni öz içiga oluvçi mehnat daftarini şakllantiriş jarayoni töliq raqamlaştirildi.

Yagona milliy mehnat tizimi fuqarolarga iş joyi, daromadi, mehnat staji töğrisidagi ma'lumotlarni onlayn tarzda oliş imkonini beradi hamda pensiyani rasmiylaştirişda 2020 yildan keyingi davrlar uçun davlat idoralaridan heç qanday hujjat talab etilmaydi.

Yagona milliy mehnat tizimidan foydalaniş könikmalarini va işlaş tartibini tuşuntiriş uçun 3,2 mingta seminar taşkil etilib, ularda

106,5 mingta iş beruvçi, şu jumladan 59,3 ming nafar xususiy korxonalarning mas'ul xodimlari iştirok etdi.

  • Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat personallaştiriş markazi;

  • Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi;
  • Oliy attestatsiya komissiyasi;
  • Davlat soliq qömitasi;
  • Içki işlar vazirligi;
  • Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi;
  • Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ma'lumotlar bazasi

Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilindi.

Natijada, Yagona milliy mehnat tizimida soliq tölovçi jismoniy şaxs, jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga tölangan badallar, iş beruvçilarning ştat jadvali va vakansiya iş örinlari, xodimlarning oliy ma'lumoti töğrisidagi va boşqa ma'lumotlar aks ettirilişi ta'minlandi. Yagona milliy mehnat tizimi orqali respublika miqyosida jamlanayotgan ma'lumotlar avtomatlaştirilgan yopiq Kadrlar tizimi tomonidan tahlil qilinişi hamda unda maxsus lavozimlarga nomzodlarga aloqador şaxsiy axborotlarni şakllantiriş imkoniyati yaratildi.

Tizimda foydalanuvçi öziga tegişli bölgan ma'lumotlardan qulay va tösiqlarsiz bepul foydalanişi uçun har bir iş beruvçi va işlovçi xodimga alohida personal kabinet oçildi. Şuningdek, xodimlar uçun ularning şaxsiy kabinetlarida elektron mehnat daftari şakllantirildi va uni mustaqil çop etiş imkoni berildi.