Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallar bilan shug‘ullanuvchilar uchun 2ta litsenziya hamda 2ta ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinadi
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyat turlari uchun litsenziya olish bekor qilinadi.
Joriy yil 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida Mening fikrim veb-portaliga joylashtirilgan va belgilangan tartibda 10 ming ovoz to‘plab tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun deputatlar tashabbusi sifatida Qonunchilik palatasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Parlament saytida yozilishicha, qonun loyihasi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ma'muriy jarima solgan holda transport vositasini ushlab turish tartibini bekor qilish belgilanmoqda.
Muhokamalar jarayonida fraksiya a'zolari tomonidan mazkur loyiha bilan qonunchilikka kiritilayotgan tegishli o‘zgartirish bilan fuqarolarning mulk huquqlari kafolati mustahkamlanayotgani e'tirof etildi. Shuningdek, alohida ta'kidlanganidek, bu amaliyot jahon tajribasida bor bo‘lib, fuqarolarning mulkiy huquqi daxlsizligi bir qator xorijiy davlatlarda ham kafolatlangan. Xususan, AQShning Shimoliy Karolina, Virjiniya, Missisipi shtatlarida, Germaniya, Angliya, Belarus va Rossiyada transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarga nisbatan ma'muriy javobgarlikka tortilishlari belgilangan bo‘lib, transport vositasini ushlab turish nazarda tutilmagan.
Yig‘ilishda fraksiya a'zolari ushbu normalar “Adolat” SDPning dasturiy maqsad va vazifalariga mos ekanligini ta'kidlashdi. Jumladan, partiya Saylovoldi dasturida fuqarolarning mulkiy daxlsizligini ta'minlash va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan raqobatni qo‘llab–quvvatlash, mulk daxlsizligi huquqlari buzilishiga nisbatan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Shuningdek, deputatlar tadbirkorlikning bir turi bo‘lgan oltin qidiruvchilar usuli bilan oltin qazib olishni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, yer qa'ri uchastkalarini samarali o‘zlashtirish hamda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning huquqiy kafolatini yaratisha qaratilgan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ham muhokama qilishdi.
Bahs va munozaralar jarayonida fraksiya a'zosi Dilshod Hamzayev qonunning qabul qilinishi bilan amaldagi 2 ta litsenziyalash tartibi hamda 2 ta ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinishi ijobiy holat ekanligini ta'kidladi. Jumladan, endilikda qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyat turlari uchun litsenziya olish bekor qilinadi. Shuningdek, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar bilan ishlashda va zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan boshqa buyumlar sotish uchun ruxsatnoma olish tartibi ham bekor qilinadi.
Fraksiya yig‘ilishi yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
12:29 / 26.03.2026