Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov «Shanhay SIPG»dan ketdi. U faoliyatini Xitoyning boshqa jamoasida davom ettiradi
Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov uch yillik faoliyatidan keyin klubi bilan xayrlashgan. Bu haqda futbolchining o‘zi Tribuna.uz saytiga ma'lum qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Shanxay klubini tark etish sabablarini hozircha ma'lum qilmadi. Odil Ahmedov Xitoy Superligasining boshqa bir klubi - «Tyanszin Teda» jamoasi safiga o‘tishi kutilmoqda.
32 yoshli yarimhimoyachimiz «Shanxay SIPG» klubi safidagi so‘nggi tur o‘yinida maydonga tushmagan va natijada klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qarshi olgandi. «Shanxay SIPG» klubi Xitoy Superligasi 9-turidan keyin 8 jamoa joy olgan «V» guruhida 20 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan edi.
Ma'lumot uchun, Odil Ahmedov joriy mavsumda klubi safida 8 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Mavzuga oid
11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi
23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi
19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
19:01 / 18.12.2021