Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reyting: «Barselona» YouTube’da 10 million obunachiga ega bo‘lgan birinchi klubga aylandi
«Barselona» YouTube portalida eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan sport klubiga aylangani haqida e'lon qildi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, Kataloniya jamoasining tarmoqdagi rasmiy videoxostingi 10 million nafar obunachiga ega bo‘lgan ilk futbol klubiga aylandi.
Jahon sportida faqatgina MBAning YouTube’dagi tarmog‘ida obunachi ko‘proq – 14,8 million kishi.
Qayd etilishicha, tez orada YouTube «Barselona» klubiga 10 million obunachidan iborat Diamond Creator Award maxsus sovrinini topshiradi. Klub videolavhalari hozirgacha 65 million soat davomida tomosha qilingan.
«Barselona»ning eng ko‘p obunchalari AQSh, Ispaniya, Braziliya, Indoneziya va meksikalik muxlislar sanalishadi.
Quyida Youtube tarmog‘ida eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan 10 klub:
- «Barselona» – 10 million obunachi
- «Real» – 5,92
- «Flamengo» – 5,55
- «Liverpul» – 4,98
- «Manchester Yunayted» – 3,21
- «Yuventus» – 2,88
- «Manchester Siti» – 2,72
- «PSJ» – 2,56
- «Chelsi» – 2,1
- «Arsenal» – 1,96.
Ma'lumot uchun, 10 yil oldin «Barselona»ning video tarmoqdagi obunachilari soni 100 ming nafardan kamroq edi.

Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026