12:29 / 13.09.2020
6107
Reklama

Seoul Mun: dunyo ekspertlarining prognozlari va rivojlanish istiqbollari

Seoul Mun – Dream City Development kompaniyasining savdo va dam olish me'morligi yangi loyihasi. Koreys me'morligining eng yaxshi an'analari bilan uyg‘unlashgan mazkur maskan Bo‘rijar kanalining qirg‘oqlari bo‘ylab bunyod etiladigan uch darajali savdo zonasidir.

20.000 m² savdo maydonlari poytaxt tadbirkorlari uchun yangi biznes joylari bo‘lishiga tayyor. Mijozlar talabiga va biznes egasining ehtiyojlariga qarab bu joyda chakana savdo do‘konlari, restoranlar, kafelar, ovqatlanish joylar, spa va go‘zallik salonlari, kiyim-kechak butiklari, zargarlik buyumlari do‘konlari, kosmetika va parfyumeriya do‘konlari va boshqa ko‘plab biznes turlari tashkil etilishi mumkin.

Strategik sheriklik doirasida tijorat ko‘chmas mulk sohasidagi dunyoning yetakchi mutaxassislari Knight Frank va Cushman&Wakefield kompaniyalari mahalliy bozorni mustaqil moliyaviy-iqtisodiy tahlil qildi. Mutaxassislarning ma'lumotlari xaridorlik qobiliyatining barqaror o‘sishi va iste'molchilarning istaklari o‘zgarganligini ko‘rsatadi, bu holat yildan yilga takomillashib bormoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Seoul Mun loyihasi zamonaviy chakana savdo markazining asosiy talablariga javob beradi:

  • Foydali joylashuv – loyiha poytaxt markazida joylashgan;
  • Yuqori sifatli qurilish va qat'iy belgilangan muddatlar;
  • Betakror me'moriy yechim va o‘ziga xoslik;
  • Qulay kirish va puxta loyihali yaxshi rivojlangan infratuzilma;
  • Turli variantlardagi savdo nuqtalari.

Ekspertlar tahlili davomida Seoul Mun'ning o‘rtacha tashrif buyuruvchilar oqimi aniqlandi. Kundalik tashrif buyuruvchilar 11.000 yoki yiliga 4.000.000 dan oshishi kutilmoqda.

20 avgust kunidan Seoul Mun janubiy-g‘arbiy sohilida sotuvlar boshlandi. Bugunoq poytaxt sohil bo‘yidagi savdo maydonining egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.seoulmun.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top