Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp koronavirusni aniqlovchi yangi tezkor testni taqdim qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp organizmda koronavirus bor-yo‘qligini 15 daqiqa ichida aniqlovchi yangi testni taqdim qildi. Tramp AQShning Abbott kompaniyasi ishlab chiqqan ushbu testni ABC telekompaniyasi efirida namoyish qilgan.
Foto: ABC
Oq uy rahbari Pensilvaniya shtatida telekompaniya tomonidan tashkil etilgan tadbirda kostyumining ichki cho‘ntagidan test natijasini ko‘rsatuvchi tasmaga ega karton bo‘lagini chiqarib, uni kameralarga yo‘naltirgan. Trampning ta'kidlashicha, test odmiligiga qaramay, aniq va tez natija beradi.
“Sizga bir ajoyib narsa taqdim qilmoqchiman. Menda yangi test bor. Odamlar uni yonlarida saqlab, o‘zlarini o‘zlari tekshirishlari mumkin, biroq yaxshisi shifokor huzuriga borgan ma'qul. Biroq u qo‘llashda juda sodda va aniqdir”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Avgust oxirida AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi Oq uy ma'muriyati Abbott bilan 15 mln.ta tezkor test ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi 760 mln dollarlik shartnoma tuzganini ma'lum qilgan. Vazirlik xabarida ta'kidlanganidek, testni o‘tkazish uchun maxsus qurilma talab etilmaydi va u bilan birinchi navbatda maktablarni ta'minlash rejalashtirilgan.
Abbott testi natijalari 15 daqiqada olinadi. Test-tasmalardagi immunoxromatografik tahlil aniqligi 97,1 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi
12:07 / 21.07.2025