Turkiyaning Marmar dengizi hududi zilzila oqibatida Gretsiya tomon siljishi mumkin
Turkiyaning Marmar dengizi bo‘yidagi hududi kuchli zilzila oqibatida Gretsiya tomon siljishi mumkin. Bu hududda Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul ham joylashgan.
Gap magnitudasi 7 balldan yuqoriroq bo‘ladigan zilzila haqida bormoqda. Oxirgi vaqt Turkiyada u haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda. Olimlarning ogohlantirishicha, Marmar dengizi hududidagi tektonik yoriqlardagi zo‘riqish tobora kuchayib bormoqda va istalgan vaqtda vayronkor yer silkinishlari yuz berishi bilan xavf solmoqda. Buning oqibatida 15 mln kishilik Istanbul, ayniqsa uning Yevropadagi qismining markaziy hududi jabr ko‘rishi mumkin. Olimlar zilzilaning yaqin yillarda yuz berishi ehtimoli yuqoriligidan ogohlantirishmoqda, biroq zamonaviy fan hozircha u qachon yuz berishini aniq ayta olmaydi.
Geofizika bo‘yicha professor Ovgun Ahmet Erjanning ta'kidlashicha, yuz berajak zilzila markazi joylashadigan tektonik yoriq liniyasi Istanbuldan g‘arbdagi Taqirdog‘ viloyatida, Marmar dengizining shimoliy qismi sohillarida joylashgan.
Olimning aytishicha, zilzila markazi sohildan 15 km uzoqlikda, Marmar dengizida joylashishi mumkin. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 7,2 ballni tashkil qiladi va uning yuz berishi oqibatida yuqorida tilga olingan hudud Gretsiya tomon 2,5 metr siljishi mumkin.
Zilzila taxminan Istanbulning Osiyodagi qismida joylashgan Buyukchakmejye jome' masjididan boshlanib, Bosfor bo‘g‘ozi ostidan o‘tib, Gretsiyaning Saloniki shahrigacha davom etadigan yoriq paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bir necha oy oldin Istanbul ma'muriyati bu borada tadqiqot tayyorlagan. Unda kuchli zilzila oqibatida megapolisning barcha 39 tumani jabr ko‘rishi, biroq shaharning Yevropadagi qismiga ko‘plab eski binolar borligi sababli ko‘proq talafot yetishi, shu sababli u yerdagi uylarni mustahkamlash zarurligi aytilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024