Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi daromadlarining kamtarona o‘sishi iste'mol xarajatlarining past darajada o‘sishiga olib keladi - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
Pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari natijasida aholi daromadlari o‘sish sur'atlarining vaqtinchalik sekinlashishi ham kuzatildi. Eng salbiy oqibatlar asosan bir qator xususiy sektor korxonalarining faoliyatida sezilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida xodimlar soni va ularning maoshlarining bevosita kamayishiga olib keldi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sharhida aytilishicha, joriy yilning 1-yarim yillik yakunlariga ko‘ra, aholi umumiy daromadlarining o‘sishi 1,5 foizni tashkil etdi (2019 yilning shu davri uchun 7,2 foiz). Bu esa, o‘z navbatida, aholining sarf-xarajatlari tarkibiga ta'sir ko‘rsatadi va aholida xaridlarga nisbatan ehtiyotkorona yondashuvni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, karantin choralarining saqlab qolinishi oziq-ovqat va muhim turdagi nooziq-ovqat tovarlarga bo‘lgan aholi talabining oshishiga ta'sir ko‘rsatadi, bu esa inflyatsion kutilmalar kanali orqali narxlarga nisbatan muayyan bosimni vujudga keltiradi.
Shundan kelib chiqib, aholi daromadlarining kamtarona o‘sishi iste'mol xarajatlarining past darajada o‘sishiga olib keladi va karantin tadbirlarini joriy etish davrida kuzatilganidek, birlamchi ehtiyoj tovarlariga yuqori bosimni vujudga keltiradi.
Bundan tashqari, yaqin kelajakda pandemiya oqibatlarining saqlanib qolishi, ayniqsa aholi daromadlarining hozirgi o‘sishida epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi aholining xarid qilish xususiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas, deyiladi sharhda.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026