«O‘zmilliybank» Rossiyaning yetakchi taraqqiyot banki «VEB.RF» bilan Rossiya Banki Moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga (SPFS) ulash bo‘yicha kelishuv imzoladi
2020 yil 17 sentyabrda Rossiya Federatsiyasining «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I.I.Shuvalov boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi davomida O‘zbekiston Milliy banki va «VEB.RF» o‘rtasida O‘zbekiston Milliy bankini Rossiya Banki Moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga (SPFS) ulash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
SPFS moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha elektron xabarlar yetkazuvchi maxsus kanalni (xalqaro bank tizimida ma'lum bo‘lgan SWIFT tizimining analogi) o‘zida aks ettiradi va Rossiya banklari va tizimga ulangan boshqa xorijiy bank-korrespondent bilan xalqaro to‘lovlar bo‘yicha kerakli ishlarni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki SPFSga ulanishining afzalligi banklararo operatsiyalar bo‘yicha ma'lumotlarni yetkazishning yuqori darajali tezligi, moliyaviy tranzaksiyalar himoyasi, o‘zaro hisob-kitoblar va axborot almashishda moslashuvchanlik va tezkorlikni ta'minlaydigan, xalqaro standartlarga javob beradigan kanalga ega bo‘lishdir.
Shu bilan birga tizim mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish, innovatsion asosda hisob-to‘lov jarayonlarini modernizatsiyalash, banklararo kommunikatsiyalar bo‘yicha harajatlarni kamaytirish va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini diversifikatsiyalash imkonini beradi.
«VEB.RF» O‘zbekiston Milliy bankining O‘zbekiston Respublikasiga Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini yetkazib berishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qator investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida strategik sherigi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 million yevroga teng bo‘lgan 4ta kredit shartnomalari tuzilgan va gidroenergetika, issiqlik energetikasi va transport sohasidagi loyihalar moliyalashtirilmoqda.
«VEB.RF» – davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi maxsus moliya institutidir. Uning asosiy vazifasi infratuzilma, sanoat, ijtimoiy sohani rivojlantirish, texnologik salohiyatni mustahkamlashdan iboratdir. «VEB.RF» SPFSga chet ellik sheriklarning ulanishi masalalarini hal qilishga yordam berish uchun Rossiya Banki tomonidan vakolatlangan.
«O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:00 / 24.11.2022
“O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi va “FERRANDI Paris” instituti o‘rtasida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi
17:55 / 01.10.2021
«O‘zmilliybank» AJ va Germaniyaning Doyche banki 100 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi
17:00 / 30.09.2021
«O‘zmilliybank» AJ va «Sovkombank» OAJ (Rossiya) 50 mln AQSh dollari miqdoridagi bosh kelishuvni imzoladi
11:19 / 21.09.2021