2020 yilning yanvar-avgust oylarida körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 135 trln sömga yetdi. Uning nominal hajmi 11,9 trln sömga oşdi.
Davstatqöm xabariga köra, taqqoslama ekvivalentda ötgan yilning şu davriga nisbatan ösiş sur'ati 0,1 foizni taşkil etdi
2020 yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning avgust oyida (diskret oy) körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2,2 trln. sömga ösdi va 18,5 trln. sömga yetdi.
2020 yil VII diskret (iyul) oyining hajmiga nisbatan taqqoslaganda, 2020 yil VIII diskret (avgust) oyining hajmi 2,6 trln. sömga ösdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça körsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta uluşni savdo xizmatlari egallaydi. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida ularning uluşi 26,2 foizni taşkil etdi. Şu bilan birga, yuqori körsatkiçlar transport xizmatlari (24,2 foiz), moliyaviy xizmatlar (21,9 foiz), aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari böyiça (6,1 foiz) qayd etildi.
Soğliqni saqlaş sohasidagi xizmatlar körsatiş hajmlarining unça katta bölmagan ösişi kuzatildi, ularning uluşi atigi 1,4 foizni taşkil etdi. Şuningdek, nisbatan yuqori bölmagan uluş kompyuter va maişiy tovarlarni ta'mirlaş böyiça xizmatlar - 1,5 foiz, ijara sohasidagi xizmatlar - 1,8 foiz, me'morçilik, muhandislik izlanişlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hissasi 2,1 foizga töğri keldi.











